Yangiliklar
May oyida 14,5 km uzunlikdagi 110–220–500 kilovolt kuchlanishli elektr tarmoqlari, 1 dona podstansiya transformatori, 4 dona o‘chirgich, 1 dona kompressor qurilmasida mukammal taʼmirlash ishlari bajarildi
  • 14.05.2024
  • 73

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ axborot xizmati rahbari Ulug‘bek O‘rinov maʼlum qildi.

Yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarining ishonchli ishlashini taʼminlash maqsadida, 2024-yil uchun tasdiqlangan rejaga asosan, joriy yil yanvar-oktyabr oylarida 848,3 km uzunlikdagi 110–220–500 kilovolt kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoqlari, 9 dona podstansiya transformatorlari, 31 dona o‘chirgich va 4 dona kompressor qurilmalari mukammal taʼmirlanadi.

Shu bilan birga, joriy yilda 5451,1 km uzunlikdagi 110–220–500 kilovolt kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari, 304 dona podstansiya transformatori, 1643 dona o‘chirgich, 12 dona kompressor qurilmalari joriy taʼmirlanadi.

Jumladan, may oyida 14,5 km uzunlikdagi 110–220–500 kilovolt kuchlanishli elektr tarmoqlari, 1 dona podstansiya transformatori, 4 dona o‘chirgich, 1 dona kompressor qurilmasida mukammal taʼmirlash ishlari bajarildi.

Joriy yil may oyida 125 km uzunlikdagi 110–220–500 kilovolt kuchlanishli liniyalar, 24 dona podstansiya transformatori, 98 dona o‘chirgichlar joriy taʼmirlash ishlari bajarilmoqda.

Agar joriy yil boshidan amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilsak, yanvar-may oyida 384,196 km uzunlikdagi 110–220–500 kilovolt kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoqlari, 2 dona podstansiya transformatori, 15 dona o‘chirgichlar, 4 dona kompressor qurilmasi mukammal taʼmirlandi.

Bundan tashqari, joriy yilning yanvar-may oylarida 2037,3 km uzunlikdagi 110–220–500 kilovolt kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoqlari, 147 dona podstansiya transformatori, 710 dona o‘chirgich, 7 dona kompressor qurilmalarida joriy taʼmirlash ishlari bajarildi va rejaga muvofiq davom ettirilmoqda.

Shuningdek, “Magistral elektr tarmoq podstansiyalarini zamonaviylashtirish va rekonstruksiya qilish”  investitsiya loyihasiga asosan 220 hamda 500 kilovolt kuchlanishli yuqori kuchlanishli podstansiyalarning o‘rnatilgan quvvatlari oshirib borilmoqda.

Misol uchun, navbatdagi modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish-montaj ishlari Andijon viloyatida joylashgan 500 kilovolt kuchlanishli “Lochin” podstansiyasida olib borildi.

500/220/10 kilovolt “Lochin” podstansiyasining quvvatini oshirish hamda aholini ishonchli elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida mavjud AT-2 3x167 megavolt•amperli avtotransformatorlar o‘rniga 3x267 megavolt•amper quvvatli yangi avtotransformatorlar ishga tushirildi. Buning natijasida podstansiyada qo‘shimcha 300 megavolt•amper quvvat yaratildi. Hozirda podstansiyaning umumiy o‘rnatilgan quvvati 1302 megavolt•amperga yetkazildi.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yilning yakuniga qadar AT-1 3x67 megavolt•amperli avtotransformatorlar o‘rniga 3x267 megavolt•amper quvvatli yangi avtotransformatorlar ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Buning natijasida podstansiyada qo‘shimcha 300 megavolt•amper quvvat yaratiladi. Ishlar yakunlangandan so‘ng podstansiyaning umumiy quvvati 1602 megavolt•amperga yetkaziladi.

Hurmatli isteʼmolchilar, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan yuqori kuchlanishli podstansiya hamda magistral elektr tarmoqlari barqaror faoliyati uchun barcha kuch va resurslar safarbar etilgan.

Mamlakatimizda isteʼmol hajmi sezilarli darajada oshishi kutilayotgan yoz mavsumi, bundan tashqari, 2024/2025-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari rejaga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Batafsil maʼlumotlar bilan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining rasmiy uzbekistonmet.uz veb-sayti orqali tanishishingiz mumkin.

 

 

Facebook  ‖ InstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>