OAV va jamoatchilik bilan ishlash
O‘zbekiston energetika haftaligi o‘z ishini boshladi
  • 14.05.2024
  • 30

#onlayn

O‘zbekiston energetika haftaligi o‘z ishini boshladi

Energetika vazirligi tomonidan “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida O‘zbekiston energetika haftaligi o‘tkazilmoqda.

Mazkur haftalikda 29 ta davlatdan 450 ta ishlab chiqaruvchi kompaniyaning yoqilg‘i-energetika tarmog‘iga oid zamonaviy uskunalari va texnologiyalaridan namunalar namoyish etiladi.

Ushbu tadbirlarga bo‘lgan katta qiziqish ishtirokchilarning geografiyasini yanada kengaytirdi. Xususan, 31 mamlakat: Avstriya, Ozarbayjon, Belarus Respublikasi, Belgiya, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Germaniya, Gruziya, Daniya, Hindiston, Indoneziya, Eron, Ispaniya, Italiya, Qozog‘iston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Monako, Niderlandlar, BAA, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Singapur, AQSh, Turkiya, Fransiya, Chexiya, Shveytsariya, va Yaponiya singari davlatlardan vakillar tashrif buyurdi.

Bundan tashqari, ko‘rgazma anjumanlari doirasida xorijiy va mahalliy kompaniyalar, xalqaro ekspertlar hamjamiyati hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida sohaga oid dolzarb mavzular yuzasidan qator xalqaro ko‘rgazmalar va konferensiyalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Bugun, 14-may kuni Forumni yalpi sessiya ochib berdi. Unda quyidagi ikkita muhim tadbirga — 26-Xalqaro “O‘zbekiston neft va gazi - OGU 2024” anjumani hamda 4-Xalqaro energetika anjumaniga start berildi.

Ayni paytda “Energetika siyosatini O‘zbekiston milliy strategiyasiga muvofiq uyg‘unlashtirish” mavzusi bo‘yicha yalpi sessiya yakuniga yetdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari S.Safoyev, O‘zbekiston Energetika vaziri J.Mirzamahmudov, qator xalqaro kompaniyalar, xususan, “ACWA Power”, “Masdar”, “Honeywell”, “Socar”, “Rosatom”, “Nedra Digital”, “OilTech”, “Bureau Veritas”, “EMK Steel Trade”, “Rosen Group”, “Schneider Electric” kompaniyalari hamda tizim tashkilotlari rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

 

Manba: https://t.me/minenergy_uz/11384

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>