Yangiliklar
Andijon viloyatidagi 500 kuchlanishli “Lochin” podstansiyasiga 3 ta yangi transformator o‘rnatildi va o‘tkazuvchanlik quvvati oshirildi
  • 15.05.2024
  • 18

“Magistral elektr tarmoq podstansiyalarini zamonaviylashtirish va rekonstruksiya qilish” investitsiya loyihasining 1-bosqich modernizatsiya dasturi doirasida “Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi podstansiyalarni, ya’ni  maʼnan va jismonan eskirgan elektr qurilmalarini zamonaviy elektr qurilmalarga almashtirish ishlari olib borilmoqda.

Navbatdagi modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish-montaj ishlari 500/220/10 kV kuchlanishli “Lochin” podstansiyasida olib borildi.

“Lochin” podstansiyasida shu kunga qadar:

   —  Modernizatsiya dasturi doirasida 5 dona 500 kV va 12 dona 220 kV kuchlanishli havoli o‘chirgichlar o‘rniga zamonaviy elegaz o‘chirgichlar o‘rnatildi;

   —  2 dona 500 kV kuchlanishli va 11 dona 220 kV kuchlanishli ajratkichlar almashtirildi;

   —  3 dona 500 kV kuchlanishli hamda 21 dona 220 kV kuchlanishli tok transformatorlari almashtirildi;
   —  6 dona 500 kV (OPN) va 9 dona 220 kV (OPN) razryadniklar almashtirilib, ishga tushirildi.

Joriy yilning 11-may kuni “Lochin” podstansiyasining quvvatini oshirish hamda aholini ishonchli va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida mavjud AT-2 3x167 MVAli avtotransformatorlar o‘rniga 3x267 MVA quvvatli yangi avtotransformatorlar ishga tushirildi. Buning natijasida podstansiyada qo‘shimcha 300 MVA quvvat yaratildi. Hozirda podstansiyaning umumiy o‘rnatilgan quvvati 1302 MVAga yetkazildi.

Eslatib o‘tamiz: 2024-yil yakuniga qadar AT-1 3x167 MVAli avtotransformatorlar o‘rniga 3x267 MVA quvvatli yangi avtotransformatorlar ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Buning natijasida podstansiyada qo‘shimcha 300 MVA quvvat yaratiladi. Ishlar yakunlangandan so‘ng podstansiyaning umumiy quvvati 1602 MVAga yetkaziladi.

Manba: https://t.me/minenergy_uz/11407

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>