Qiziqarli xabarlar
O'zbekiston va Rossiya kam quvvatli atom elektr stansiyasini qurish to'g'risida bitim tuzdilar
  • 04.06.2024
  • 37

Rossiya Prezidentining O'zbekistonga tashrifi chog'ida 27-may kuni kam quvvatli atom elektr stansiyasini qurish bo'yicha shartnoma imzolandi. O'zbekiston uchun ushbu loyiha energiya xavfsizligini ta'minlash va mamlakat energetika kompleksini diversifikatsiya qilish nuqtai nazaridan katta ahamiyatga ega.

Stansiya qurilishining bosh pudratchisi “Rosatom” kompaniyasi bo‘lib, bu ishni bajarish uchun O‘zbekiston kompaniyalarini ham jalb qiladi.

@clearenergy #CleanEnergy #kichikatomelektrstansiyasi #energiya

Manba: https://t.me/clearenergy/2462

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>