Yangiliklar
Muzokaralar natijalari muhim bitimlar bilan mustahkamlandi
  • 08.06.2024
  • 32

Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishi yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Keng qamrovli strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiyani imzoladilar.

Bundan tashqari, ikki mamlakat rahbarlari huzurida ko‘p qirrali sheriklikning ko‘plab sohalarini qamrab olgan 19 ta hujjat imzolandi. Jumladan:

- Ilmiy almashinuv va yuqori texnologiyalar sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;

- Hududiy rivojlanish sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash to‘g‘risida bitim;

- Standartlashtirish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;

- O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lishida texnik ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

- Kosmik fanlar, texnologiyalar va tadqiqotlar sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

- Qishloq xo‘jaligi taʼlimi sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

- Energetik rivojlanish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

- Madaniyat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

- Axborot sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

- Kadastr masalalari bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

- Turizm sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

- Oila instituti va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

- Boshqaruv kadrlarini tayyorlash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

- Huquqiy sohada malaka oshirish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma.

Shuningdek, imtiyozli savdo, energetika bozorini tartibga solishga oid ikki tomonlama hujjatlar hamda Qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi qabul qilindi.

 

Manba: https://president.uz/uz/lists/view/7296

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>