Qiziqarli xabarlar
Elektromobillarni zaryadlash uchun tungi tariflar
  • 12.08.2024
  • 92

Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida yaqinda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda elektromobillarni uy sharoitida quvvatlantirish uchun tungi arzonlashtirilgan elektr energiyasi tariflarini joriy etish rejalari e’lon qilingan edi.

So‘nggi uch yilda mamlakatimizda elektromobillar soni 10 baravardan oshib ketdi va 35 mingtaga yetdi.

Prezident energetika tizimini rivojlantirishda yangi zaryadlash quvvatlarini hisobga olish muhimligini ta’kidladi.
 
Shuningdek, ko‘chalar va ko‘p qavatli uylar yaqinida 22 kVt gacha, xonadonlarda esa 7 kVt gacha quvvatga ega yangi quvvatlantirish stansiyalarini o‘rnatish rejalashtirilgan. Quvvatlantirish stansiyalari davlat tashkilotlari avtoturargohlari, savdo markazlari, mehmonxonalar va dam olish maskanlarida ham paydo bo‘ladi.

#Elektromobillar

Manba: https://t.me/clearenergy/2532

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>