Yangiliklar
“O`zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati: MINI FUTBOL BO`YICHA MUSOBAQA G`OLIBLARI ANIQLANDI
  • 13.12.2020
  • 741

   Avval xabar berganimizdek, "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyatining Markaziy boshqaruv apparati hamda hududiy filiallarida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi "Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6099-son Farmonining ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq bir qator sport musobaqalari tashkil etilmoqda. Misol uchun, "Uchqun" sport-sog'lomlashtirish majmuasida Markaziy boshqaruv apparati xodimlari o'rtasida, so'ngra "Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari","Toshkent magistral elektr tarmoqlari", "Navoiy magistral elektr tarmoqlari", "Namangan magistral elektr tarmoqlari" filiallari hamda "Azamat" sport-sog'lomlashtirish markazida o'tkazilgan shaxmat, shashka va stol tennisi bo'yicha musobaqalar haqida ma'lumot bergan edik.

   Batafsil: https://telegra.ph/uzbekistonmetuz-12-11

 

   Kecha, 12-dekabr kuni "O'zbekiston MET" AJ Birlashgan kasaba uyushmasi va magistral elektr tarmoqlari filiallari kasaba uyushmasi boshlang'ich tashkilotlari tomonidan Jamiyat tizimidagi filiallar kesimida erkaklar o'rtasida mini futbol bo'yicha sport musobaqasi tashkil etildi. Unda "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyatining Markaziy boshqaruv apparati jamoasi, shuningdek Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyati va Toshkent shahri magistral elektr tarmoqlari filiallari jamoalari, shu bilan birga, jamiyat tarkibidagi "Energo-IT" va "Magistraltarmoqqurilish" filiallari hamda "Toshkent tibbiy-sanitariya qismi" muassasasi futbol jamoalar ishtirok etishdi.

 

   Sport musobaqalari Birlashgan kasaba uyushmasining tashabbusi bilan Toshkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus sport zalida o'tkazilib, unda jamoalarning muxlislari ham o'yinlarni bevosita kuzatib borishiga barcha shart-sharoitlar yaratildi.

 

   Jamiyat tizimidagi filiallar kesimida erkaklar o'rtasida mini futbol bo'yicha sport musobaqasini "O'zbekiston MET" AJ boshqaruvi raisining birinchi o'rinbosari S.S.Artikov ochib berdi. Sobirjon Sadullayevich sport o'yinlari ishtirokchilariga omad tilarkan, o'z sog'lig'iga bee'tibor bo'lmagan ishchi-xodimlarning mehnat faoliyatida unum va baraka bo'lishini alohida ta'kidlab o'tdi. Tadbir tashkilotchilaridan biri, "O'zbekiston MET" AJ Birlashgan kasaba uyushmalari raisi N.J.Xidirova musobaqa g'oliblarini tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan qanday esdalik sovg'alari kutayotganini aytib, sportsevar energetiklarga o'yin oldidan ko'tarinki kayfiyat, kuch va g'ayrat tiladi.

   Shu o'rinda bir narsani alohida ta'kidlash lozimki, mini futbol musobaqasiga mas'uliyatli mavsumda navbatchilikda bo'lmagan ishchi-mutaxassislarni tayyorlash, ularni kutib olish kabi ishlarda jamiyat tarkibidan faoliyat yuritayotgan yoshlar Ittifoqi boshlang'ich tashkilotlari yetakchilarining hissasi katta bo'ldi. Sport bahslariga hakamlik qilish Jamiyatning Markaziy apparati tarkibidagi Kadrlar bilan ishlash boshqarmasining yetakchi mutaxassisi — Jamiyatning "sport targ'ibotchisi" Odiljon Vohidovga ishonib topshirildi.

Mini futbol bo'yicha o'yinlar bir nechta final bosqich o'yinlari orqali o'tkazilib, qizg'in bahslarda davom etdi.

   Natijalar esa quyidagicha:

Dastlabki saralash o'yinlari

   ▼ "Toshkent tibbiy-sanitariya qismi" muassasasi – "Sirdaryo MET" filiali ▼

► hisob 2 : 3 ◄

   ▼ "Toshkent MET" filiali – "Jizzax MET" filiali ▼

► hisob 4 : 2 ◄

   ▼ "Energo-IT" filiali – "Toshkent shahar MET" filiali ▼

► hisob 2 : 2 (penalti 1 : 2) ◄

   ▼ Markaziy boshqaruv apparati — "Magistraltarmoqqurilish" filiali ▼

► hisob 2 : 5◄

1/2 final

   ▼ "Toshkent MET filiali – "Sirdaryo MET" filiali ▼

► hisob 3 : 1 ◄

   ▼ "Magistraltarmoqqurilish" filiali – "Toshkent shahar met" filiali ▼

► hisob 5 : 1 ◄

3-o'rin uchun final

   ▼ "Toshkent shahar met" filiali – "Sirdaryo met" filiali ▼

► hisob 3 : 3 (penalti 7 : 6) ◄

Final bahsi

   ▼ "Magistraltarmoqqurilish" filiali – "Toshkent met" filiali ▼

► hisob 3 : 4 ◄

 

 

   Shunday qilib, mini futbol bo'yicha o'tkazilgan o'yinlarlarda (1-o'rin) "Toshkent magistral elektr tarmoqlari" filiali jamoasi — Toshkent viloyatilik energetiklar g'olib bo'lishdi.

   2-o'rin "Magistraltarmoqqurilish" filiali jamoasiga, 3-o'rin esa "Toshkent shahar MET" filiali jamoasiga nasib etdi.

 

 

 

G'oliblarga esdalik sovg'alarni "O'zbekiston MET" AJ boshqaruvi raisining o'rinbosari F.M. Qurbonov hamda Birlashgan kasaba uyushmasi raisi N.J.Xidirovalar topshirishdi. Tadbir yakunida sport musobaqasi ishtirokchilari, ularga muxlislik qilgan jamoadoshlari bilan birgalikda esdalik uchun suratga tushishdi, sport tadbiri taassurotlarini o'zaro bo'lishdilar. Tadbir g'oliblariga jamiyat boshqaruvi raisining tabrik so'zlari bitilgan diplom yorliqlari topshirildi.
 

   Albatta, o'tkazilayotgan sport tadbirlari asosiy ish faoliyati — mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasini yuqori kuchlanishli havo tarmoqlari hamda podstansiyalar orqali hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga Yetkazib berish, elektr energetika tarmog'ida modernizaTsiya va rekonstruksiya, qurilish-montaj ishlari hamda investiTsion loyihalar ijrosini ta'minlashga xalaqit bermagan tarzda, aniqrog'i asosan ma'muriy ish bilan shug'ullanuvchi ishchi-xodimlar hamda navbatchilikda bo'lmagan mutaxassislar ishtirokida (asosan dam olish kunlari) o'tkazilmoqda.

 

 

   Shu o'rinda bir narsani alohida takidlash joizki, bu yilga sport musobaqalariga masofa va bugungi vaziyat — kuz-qish mavsumida Energetiklarning mas'uliyatli vazifalarini hisobga olib, olis Qoraqalpog'iston, Xorazm, Navoiy, Buxoro, Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Farg'ona, Namangan va Andijondan magistral elektr tarmoqlari jamoalari taklif etilmadi.

   Biroq bu Energetiklarning jismoniy tarbiya va sportga bo'lgan oshnoligiga ta'sir etmaydi, sport musobaqalari davom ettirilaveradi.

   Zero, sog'lom tanda — sog' aql maqoli zamirida o'z ishiga mas'uliyat va xushyorlikka da'vat bor, bejiz emas... Negaki, ilm, ma'rifat, tajriba, jismoniy tarbiya, sport — energetiklar mehnat faoliyati bilan o'zaro hamohanglikda!

E'tiboringizga sport tadbirida mini futbol jamoalari muxlislari tomonidan olingan

fotosuratlar jamlamasini taqdim etamiz:

 

 

 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati

Kanalga a'zo bo'lish uchun t.me/uzmetaxborotxizmati

>