Yangiliklar
ENERGETIKLAR KUNI ARAFASIDA SOHA VAKILLARI MUNOSIB TAQDIRLANMOQDA
  • 23.12.2020
  • 929

   Xabaringiz bor, avvalroq 22-dekabr — Energetiklar kuni tarixi haqida ma'lumot bergan edik: http://uzbekistonmet.uz/oz/

   Mana, bir necha yildirki, ushbu sana energetika sohasi, xususan elektr energetika tarmog'i xodimlari tomonidan ham keng nishonlanadi. Energetiklar kuni munosabati bilan "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyatida bir qator tadbirlar o'tkazilmoqdaki, bularning bari Jamiyatdagi odatiy ish kunlariga bayramona shukuh bag'ishlamoqda.

 

   Sohada 35 yil va undan ortiq xizmat ko'rsatgan xodimlar, shu bilan birga, yillar davomida o'z xizmatini soha rivoji, yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovon hayotiga bag'ishlagan bir nechta hamkasblarimiz Jamiyat ma'muriyati tomonidan munosib taqdirlandi.

 

   Misol uchun,

   2020-yilda Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi Elektrenergetika Kengashining 56 - va 57-qaroriga asosan "Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi Energetika faxriysi" faxriy unvoni bilan 2 nafar Jamiyat xodimlari taqdirlandi:

Xamidov Islom Ibragimovich — Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig'i;

Yusupbekov Yuldash Ibraimbekovich — Birlashgan kasaba uyushmasi qo'mita raisi o'rinbosari.

 

   Shuningdek, 12 nafar xodimlar MDH Elektrenergetika Kengashining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi. Ijozatingiz bilan, ularning Markaziy boshqaruv apparatida mehnat faoliyati yurituvchi 4 nafari bilan tanishtirib o'tsak:

Muxamedov Shukirillo Akilovich — Milliy dispetcherlik markazi dispetcheri;

Xalmuradova Aftab Abdullaevna — Strategik rivojlantirish va standartlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi;

Abbasov Akmal Akbarxonovich — Mustaqil elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan ishlash bo'limi boshlig'i;

Azimova Ragna Abdulxamitovna — Kapital qurilish, smeta va loyihalarini ekspertiza qilish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi.

 

   "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJning 2020-yildagi 7-dekabrdagi 390-sonli buyrug'iga asosan "Energetika faxriysi" unvoni bilan 51 nafar xodim taqdirlandi. Jumladan, Markaziy boshqaruv apparatidan quyida ism-shariflari keltirilgan xodimlar taqdirlandi:

Umida Nigmatovna Rustamova — Ish yuritish bo'limi yetakchi kutubxonachisi;

Natalya Genadievna Biktagirova — Ish yuritish bo'limi 1-toifali texnigi;

Elena Viktorovna Tyurina — Markaziy rele himoyasi va avtomatika xizmati sektor boshlig'i;

Rashid Adashevich Sattarov — Markaziy rele himoyasi va avtomatika xizmati laboratoriya boshlig'i;

Baxtiyor Saydullayevich Yaylovov — Idoraviy harbiylashtirilgan qo'riqlov xizmati 1-toifa nazoratchisi.

 

   Shu bilan birga, "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati hamda O'zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining 2020-yil 7-dekabrdagi 389-sonli buyruq-qaroriga asosan 32 nafar xodimlar Faxriy yorliq bilan mukofotlandi. Ijozatingiz bilan, ular ichidan Markaziy boshqaruv apparati xizmat qilayotgan xodimlarni tanishtirib o'tsak:

 

Aliyev Xusan Mahmudovich — Loyihalarni amalga oshirish guruhi bosh mutaxassisi;

Dustiyarov Erkin Musurmonovich — Buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi yetakchi hisobchisi;

Tursunmatov Ergash Shukurovich — Markaziy dispetcherlik markazi katta dispetcheri.

 

   Bayram munosabati bilan uyushtirilgan tadbirlarda yana 20 nafar ishchi-xodimlarga samarali mehnati uchun rahbariyat nomidan tashakkurnoma e'lon qilindi. Jamiyat xodimlari mukofot pullari bilan taqdirlandilar.

 

   Eslatma: xodimlarning ism-shariflari pasport ma'lumotlariga muvofiq yozildi. Batafsil ma'lumotlar jamiyatning uzbekistonmet.uz veb-sayti orqali e'lon qilinadi.

 

"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>