Yangiliklar
"ENG YAXSHI..."— MUNOSIBLIK E'TIROFI
  • 30.12.2020
  • 742

   Ma'lumki, har bir idora, tashkilot va korxonaning umumiy ish faoliyati ko'rsatkichlari o'sha tuzilma ishchi-xodimlari, ya'ni jamoasining mehnat unumdorligi hamda ish samaradorligi bilan chambarchas bog'liq...

 

   To'g'ri, har qanday jamoada ham "inson omili" atalmish bir tushuncha ta'siri borki, uning miqdori va ko'lami ijobiy yoxud salbiy bo'lishiga qarab tashkilot yoki korxonaning ishi yurishadi, yoki aksincha...

   Jamoaning umumiy ishini orqaga tortadigan, o'z vazifasiga sovuqqonlik bilan yondashib, yoinki lavozimiga loyiq bilim-tajriba hamda saviyasi yo'qligidan doim pand berib yuradigan xodimlar amaldagi mehnat qonunchiligi va tegishli ma'muriy javobgarlikka tortilgani barobarida o'z vazifasiga sidqidildan yondashib, har bir ishda yetakchi, tashabbuskor, yetarli bilim-saviyaga ega bo'lgani ortidan jamoaning umumiy ishiga naf keltiradigan ishchi-xodimlar rag'batlantirilishi, ularning nafaqat korxona yoki tashkilotda, balki jamiyatda ham o'zining munosib o'rni borligini e'tirof etish adolatdan.

   "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyatida ham boshqa korxona va tashkilotlar kabi shunday an'ana mavjud bo'lib, uning sarhisobi, o'z-o'zidan ma'lumki, yil yakuni arafasida o'tkaziladi.

Mavjud an'ana joriy yilda Jamiyat boshqaruvi raisining shaxsiy tashabbusi bilan biroz o'zgacha tus oldi, rag'bat va e'tirof "Eng yaxshi..." nominatsiya bo'yicha o'tkaziladigan bo'ldi.

   Xullas, tadbirni o'tkazish uchun Jamiyat ma'muriyati tomonidan tegishli Nizom ishlab chiqildi, buyruq imzolandi. Mas'ullaru tashkilotchilar yil davomida o'rganilgan sifat va miqdor ko'rsatkichlarini umumlashtirib, 2020-yil so'nggi oyining uchinchi dekadasida taqdirlash marosimi o'tkazilishi haqida ma'lum qilishdi.

  Keling, dastavval ""O'zbekiston METt" AJ Markaziy apparati, filiallari va tarkibiy bo'linmalari o'rtasida ko'rik-tanlov o'tkazish to'g'risida"gi Nizomda uni o'tkazishdan ko'zlangan maqsad va vazifalar nima ekanligi haqidagi matnni e'tiboringizga havola etsak...

""O'zbekiston MET" AJning joriy yildagi eng..."tanlovini o'tkazishning asosiy maqsadi "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati quyi tizim xodimlarining mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarda faollik ko'rsatib, o'zining bilim va iqtidori, intiluvchanligi va tashabbuskorligi, halol va samarali mehnati bilan elektr energetika tarmog'i, energetika sohasi, qolaversa Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo'shib kelayotgan, yuksak ma'naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat'iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va yuqori salohiyatga ega, xalq manfaati va yurt istiqboli uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga qodir bo'lgan fidoyi va mard xodimlarni munosib rag'batlantirish, shuningdek, ularni o'z kasbiga qiziqish va sadoqatini oshirishdan iborat.
 
Ko'rik-tanlov orqali energotizimda ko'p yillardan beri samarali mehnat faoliyati yuritib kelayotgan, o'z xizmat vazifasiga halol, sidqidildan va vijdonan yondashadigan, yoshlarni tarbiyalab, yetuk mutaxassislarni yetishtirishga hissa qo'shayotgan Ustoz xodimlar, jamiyatga iqtisodiy samara keltirgan yoki ekspluatatsiya jarayonini qulaylashtirishga olib kelgan yangi innovatsion g'oyalar, ixtirolar kiritishga muvaffaq bo'lgan faol va tashabbuskor yosh xodimlarni rag'batlantirish — asosiy maqsad va vazifa hisoblanadi.»
 

   Shunday qilib, 2020-yil 30-dekabr, bugun — yil sarhisobi va yangi yil bayrami arafasida, "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi Markaziy boshqaruv apparati, filiallari hamda tarkibiy bo'linmalari o'rtasida "Eng yaxshi..."nominatsiyasi bo'yicha o'tkazilgan ko'rik-tanlov g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

 

   Tadbirni "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov ochib berib, joriy yilda Jamiyat tomonidan amalga oshirilgan ishlar ko'zlangan marralarga yetkazgani, belgilangan rejalar bajarilgani, bu ko'rsatkichlar, o'z o'rnida, 2021-yilda Jamiyatimiz tomonidan Prezident qaror va farmonlari, Hukumat topshiriqlari, Energetika vazirligi ko'rsatmalarini bajarish uchun marralarni yanada balandroq olib mehnat qilishga undashida asosiy tayanch bo'lishini alohida ta'kidladi.

   "O'zbekiston MET AJ boshqaruvi raisining 2020-yil 1-dekabrdagi 377-sonli buyrug'iga asosan o'tkazilgan ko'rik-tanlov g'oliblarini e'lon qilish uchun so'z jamiyat Birlashgan kasaba uyushmalari qo'mitasi raisi N.J.Xidirovaga berildi. Hakamlar hay'ati xulosalariga ko'ra tashkiliy qo'mita — Birlashgan kasaba uyushmalari qo'mitasi tomonidan ko'rik-tanlov g'oliblari quyidagi tartibda e'lon qilindi:

   1. "Yilning eng yaxshi filiali" nominatsiyasi bo'yicha quyidagi filiallar taqdirlansin:

 "Qoraqalpoq MET" filiali – 1-o'rin;

"Samarqand MET" filiali – 2-o'rin;

"Namangan MET" filiali – 3-o'rin.

   2. "Yilning eng yaxshi podstansiyasi" nominaTsiyasi bo'yicha quyidagi podstansiyalar taqdirlansin:

  220/110/10 kVli "Koson" podstansiyasi – 1-o'rin;
 220/110/10 kVli "O'zgarish" podstansiyasi – 2-o'rin;
 500/220/10 kVli "Toshkent-500" podstansiyasi – 3-o'rin.

   3. "Yilning eng yaxshi podstansiya xizmati (guruhi)" nominatsiyasi bo'yicha quyidagi xizmatlar taqdirlansin:

"Xorazm MET" filiali podstansiya xizmati   – 1-o'rin;
"Toshkent shahar MET" filiali podstansiya xizmati– 2-o'rin;
"Qashqadaryo MET" filiali podstansiya xizmati – 3-o'rin.

   4. "Yilning eng yaxshi yuqori kuchlanishli havo tarmoqlari xizmati (guruhi)" nominatsiyasi bo'yicha quyidagi xizmatlar taqdirlansin:

"Jizzax MET" filiali xizmati – 1-o'rin;

"Navoiy MET" filiali xizmati – 2-o'rin;

"Sirdaryo MET" filiali xizmati – 3-o'rin.

  5. "Yilning eng yaxshi dispetcherlik xodimi" nominatsiyasi bo'yicha quyidagi xodimlar taqdirlansin:

 Axmedov Dilshod Riskimbekovich — MDM katta dispetcheri – 1-o'rin;

Babushkin Viniamin Aleksandrovich — "Samarqand MET" filiali katta dispetcheri – 2-o'rin;

Xalilov Akmal Muxtorovich — "Farg'ona MET" filiali katta dispetcheri –3-o'rin.

   6. "Yilning eng yaxshi havo tarmoqlaridan foydalanish mutaxassisi" nominatsiyasi bo'yicha quyidagi xodimlar taqdirlansin:

Jarkinbaev Ilyosbay Mamasadikovich — "Toshkent MET" filiali katta ustasi – 1-o'rin;

Norov Feruz Ashrafovich — "Navoiy MET" filiali katta ustasi – 2-o'rin;

Nurmatov Ilxom Ravilovich — "Namangan MET" filiali 6-razryadli elektromontyori – 3-o'rin.

   7. "Yilning eng yaxshi podstansiya mutaxassisi" nominatsiyasi bo'yicha quyidagi xodimlar taqdirlansin:

BimurzaYev Manap Zelgovdinovich — "Toshkent MET" filiali podstansiya boshlig'i – 1-o'rin;

XamraliYev Yahyojon Yodgoraliyevich — "Farg'ona MET" filiali muhandisi – 2-o'rin;

Adilov Nodir Mirzakosimovich — "Sirdaryo MET" filiali podstansiya boshlig'i – 3-o'rin.

   8. "Yilning eng yaxshi rele himoyasi va avtomatika xizmati mutaxassisi" nominatsiyasi bo'yicha quyidagi xodimlar taqdirlansin:

Asatov Zaynulla Asatovich — "Samarqand MET" filiali PX AX boshlig'i – 1-o'rin;

Sarmanov Makset Duysenovich — "Qoraqalpoq MET" filiali muhandisi – 2-o'rin;

Kruglyakovskiy Dmitriy Eduardovich — "Farg'ona MET" filiali yetakchi muhandisi – 3-o'rin.

   9. "Yilning eng yaxshi elektr izolyatsiya va yuqori kuchlanishli sinov guruhi mutaxassisi" nominatsiyasi bo'yicha quyidagi xodimlar taqdirlansin:

Yarov Sobir Sultonmurodovich — "Samarqand MET" filiali muhandisi – 1-o'rin;

Burnashev Ravil Ismailovich — "Farg'ona MET" filiali 2-guruh ustasi – 2-o'rin;

Qurbanov Ravshan Sharipovich — "Toshkent shahar MET" filiali 1-toifali muhandisi – 3-o'rin.

   10. "Yilning eng yaxshi aloqa va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo'yicha mutaxassisi" nominatsiyasi bo'yicha quyidagi xodimlar taqdirlansin:

Abdumalikova Feruza Isayevna — "Energo-IT" filiali bo'lim boshlig'i – 1-o'rin;

Xalliyev Murad Saparbayevich — "Energo-IT" filiali aloqa sektori boshlig'i – 2-o'rin;

Abduraxmonov Marat Kamilovich — "Jizzax MET" filiali muhandisi – 3-o'rin.

   11. "Yilning eng yaxshi elektromontyori" nominatsiyasi bo'yicha quyidagi xodimlar taqdirlansin:

Dehqonov Alimardon Shakarovich — "Sirdaryo MET" filiali elektromontyori – 1-o'rin;

Imomqulov Xoliqnazar Xodjamqulovich — "Namangan MET" filiali elektromontyori – 2-o'rin;

Zokirov Bekzod To'ychiyevich — "Andijon MET" filiali elektromontyori – 3-o'rin.

   12. "Yilning eng yaxshi maxsus texnika haydovchisi" nominatsiyasi bo'yicha quyidagi xodimlar taqdirlansin:

Sirojiddinov Dilshod Sadriddinovich — "Toshkent MET" filiali haydovchisi – 1-o'rin;

Ilyasov Riza Seyitveliyevich — "Sirdaryo MET" filiali haydovchisi – 2-o'rin;

Saparov Azimboy Allayorovich — "Xorazm MET" filiali haydovchisi – 3-o'rin.

   13. "Yilning eng yaxshi tibbiyot xodimi" nominatsiyasi bo'yicha quyidagi xodimlar taqdirlansin:

Artyomova Natalya Ivanovna — "Toshkent tibbiy-sanitariya qismi" shifokori – 1-o'rin;

Azizov Zokir Shakirovich — "Namangan tibbiy-sanitariya qismi" shifokori – 2-o'rin;

Qayumova Muyassar Shaxobiddinovna — "Nurafshon" sihatgohi hamshirasi – 3-o'rin.

   14. "Yilning eng yaxshi "O'zbekiston MET" AJ Markaziy apparati xodimi" nominatsiyasi bo'yicha quyidagi xodimlar taqdirlansin:

Tashtanova Zulfiya Nigmanovna — I IR boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari – 1-o'rin;

Irgashev Uyg'un Uktamovich — ILAOG "Modernizatsiya" guruhi boshlig'i – 2-o'rin;

Ziyotov Alimardon Umirovich — BX XB bosh mutaxassisi –3-o'rin.

   15. Nominatsiyalarda faxrli o'rinlarni egallagan g'oliblar quyidagicha taqdirlansin:

   "Yilning eng yaxshi filiali" nominatsiyasi bo'yicha:

1-o'rin — brigada uchun avtomashina;

2-o'rin — ekskavator;

3-o'rin — ekskavator.

   "Yilning eng yaxshi podstansiyasi" nominatsiyasi bo'yicha:

1-o'rin — televizor va komputer;

2-o'rin — televizor;

3-o'rin — komputer.

   "Yilning eng yaxshi podstansiya xizmati (guruhi)" nominatsiyasi bo'yicha:

1-o'rin — televizor va komputer;

2-o'rin — televizor;

3-o'rin — komputer.

   "Yilning eng yaxshi yuqori kuchlanishli havo tarmoqlari xizmati (guruhi)" nominatsiyasi bo'yicha:

1-o'rin — televizor va komputer;

2-o'rin — televizor;

3-o'rin — komputer.

   "Yilning eng yaxshi xodimi" nominatsiyasi bo'yicha xodimlar quyidagicha taqdirlansin:

1-o'rin — 10 000 000 so'm;

2-o'rin — 7 000 000 so'm;

3-o'rin — 5 000 000 so'm.

   Ko'rik-tanlov g'oliblarini Jamiyat boshqaruvi raisining birinchi o'rinbosarlari X.B.Elmurodov hamda S.S.Artikov, boshqaruv raisi maslahatchisi J.A.To'xtashev, xodimlar bilan ishlab boshqarmasi boshlig'i I.Xamidovlar muborakbod etishdi. Tadbirga yig'ilganlar "O'zbekiston MET" AJ rahbariyati, tashkiliy ishlarga bosh-qosh bo'lgan Birlashgan kasaba uyushmalari qo'mitasi xodimlariga o'z minnatdorchiligini bildirib, barchani kirib kelayotgan 2021-yil bilan samimiy qutlashdi.

 

 

 

 

   Fursatdan foydalanib barcha hamkasblarimizni kirib kelayotgan yangi — 2021-yil bilan tabriklaymiz!

   Mukofotlar muborak bo'lsin, Yangi yilingiz qutlug' kelsin, aziz energetiklar!

 

"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>