Yangiliklar
ELEKTR ENERGETIKA SOHASIDAGI MAVJUD STANDARTLAR HALQARO STANDARTLAR ASOSIDA BOSQICHMA-BOSQICH QAYTA KO'RIB CHIQILMOQDA
  • 25.01.2021
  • 598

  Prezidentimizning 2019-yil  27-martda "O'zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog'ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to'g'risida"gi 4249-son qaroriga muvofiq Fransiyaning "Assystem Engineering and Operation Services S.A.S" korxonasi bilan "Uzassystem" loyiha instituti tashkil etildi.

Energetika vazirligi boshchiligida ishlab chiqaruvchilar, ekspluatasiya qiluvchi korxonalar hamda loyiha institutlarining etakchi mutahassislarini jalb qilgan holda 4 ta ishchi guruh tashkil etilib, yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari, podstansiyalar, rele himoyasi va ma'lumotlar almashinuvi hamda elektromagnit moslashuvchanlik yo'nalishidagi 700 dan ortiq standartlar ko'rib chiqildi.

Ushbu standartlardan zamon talablariga to'g'ri kelmaydigan 536 tasi halqaro standartlarga almashtirish bo'yicha "O'zstandart" agentligiga taklif kiritildi.

Shuningdek, 2021-yilda ham ushbu ishlar davom ettirilib, past kuchlanishli elektr tarmoqlari, quyosh va shamol elektr stansiyalarini tarmoqqa ulash yo'nalishlari bo'yicha standartlar ko'rib chiqilib zamon talablariga moslashtiriladi.

Ushbu standartlarni qabul qilinishi orqali elektr energetika ob'ektlarini loyihalash, qurish va ekspluatasiya qilishni texnik boshqarishda sarf xarajatlarning optimallashtirilishiga hamda elektr tarmoqlarining ishonchliligini oshishiga erishiladi.

Manba: Energetika vazirligi matbuot xizmati

http://minenergy.uz/

"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati

Kanalga a'zo bo'ling! t.me/uzmetaxborotxizmati

>