Yangiliklar
2020-yil SARHISOBI: yuqori kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoqlarini mukammal va joriy ta'mirlash ishlari 2020-yil rejasiga muvofiq to'liq bajarildi (№16)
  • 23.02.2021
  • 775

"O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi elektr uzatish havo tarmoqlarida 2020-yil davomida bajarilgan va 2021-yilda bajarilishi rejalashtirilgan vazifalar to'g'risida hisobot

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-martdagi "O'zbekiston Respublikasi elektr energetika tarmog'ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to'g'risida"gi PQ-4249-sonli qaroriga asosan "O'zbekiston MET" AJ tashkil etilgan va unga quyidagi vazifalar yuklatilgan: elektr energiyasini hosil qiluvchi korxonalardan hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga elektr energiyasini uzatish, shuningdek, boshqa davlatlarning elektr energetikasi tizimlari bilan hamkorlikni amalga oshirish.

 
Energetika to'g'risidagi qonunga asosan, elektr energiyasi bir vaqtning o'zida ishlab chiqarilib, iste'mol qilinishi zarur bo'lgan tovar hisoblanganligi sababli, uni yetkazib berayotgan tarmoqlar doimo ishchi holatda va soz bo'lishi zarur.

"O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyatining asosiy vazifalaridan biri Jamiyat tasarrufidagi 11400 kmdan ziyod uzunlikdagi 35-500 kV kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoqlarini barcha turdagi ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatishlarini rejalashtirish, tashkil qilish va nazorat qilish, mavjud liniyalarni rekonstruksiya qilish hamda texnik qayta jihozlash, ishonchliligini oshirish va barqaror ishlashini ta'minlashdan iborat.

Yuqoridagi vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida 2020-yilda jami 1141,8 km 110-500 kVli elektr uzatish tarmoqlarini mukammal ta'mirlash rejalashtirilgan va rejaga nisbatan 100,6 % (1 148,2 km), joriy ta'mirlash ishlari esa 3621,0 km ta'mirlash rejalashtirilgan va rejaga nisbatan 106 % (3 844,7 km) bajarilgan.

 

Bundan tashqari, quyidagi ekspluatasiya ishlari amalga oshirilgan:

  • 110– 500 kV li havo elektr uzatish liniyalarini ko'rikdan o'tkazish, reja – 1550 km amalda – 5853,2 km 371 %;
  • nuqsonli izolyatorlarni almashtirish, reja – 585 dona, amalda – 1400 dona 239 %;
  • havo elektr uzatish liniyalarini daraxt shoxlaridan tozalash, reja – 994,8 km, amalda – 994,8 km 100 %;
  • qushlar in qurishiga qarshi to'siqlar o'rnatish, reja – 1800 dona, amalda 3091 dona 172 %.

Buxoro viloyatida sodir bo'lgan tabiiy ofatdan keyingi avariyaviy tiklash ishlari

2020-yil 27-aprel kuni Turkmaniston hududidan kuchli shamol kirib kelib, respublikaning Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida 9-40 m/sek. tezlikda shamol esishi kuzatilgan. Tabiiy ofat natijasida 500/220/10 kV "Qorako'l" podstantsiyasi, 1 ta 500 kVli va 8 ta 220 kVli havo tarmoqlari avariyaviy o'chgan edi.

Tabiiy ofat va uni bartaraf etish uchun magistral elektr tarmoqlari xodimlaridan tashkil topgan brigadalar safarbar etilgani haqida tezkor ma'lumot jamiyatning Telegram kanalida e'lon qilindi.

  • Ayrim hududlarda kuchli shamol tufayli elektr ta'minotida uzilishlar kuzatilmoqda (2020-yil 27-aprel sanasi, 23:16) https://kun.uz/08510605
  • O'zbekistonning ayrim hududlaridagi yomg'ir aralash kuchli shamol tufayli elektr ta'minoti vaqtincha o'chirildi (2020-yil 28-aprel sanasi, 01:26) http://dy.uz/I0rkb

 

Magistral elektr tarmoqlari xodimlaridan tashkil topgan brigadalar tomonidan olib borilgan tezkor ishlar natijasida 220 kV li shikastlangan tayanchlarda sozlash ishlari olib borilib, Buxoro viloyatining elektr ta'minoti to'liq tiklandi.

Tezkor hisobot: Buxoro viloyati https://t.me/uzmetaxborotxizmati/2738

Tezkor hisobot: Samarqand viloyati https://t.me/uzmetaxborotxizmati/2739

Tezkor hisobot: Jizzax viloyati https://t.me/uzmetaxborotxizmati/2740

Tezkor hisobot: Buxoro viloyati https://t.me/uzmetaxborotxizmati/2808

 

Respublika iste'molchilarini mustahkam va ishonchli elektr ta'minoti bilan ta'minlash maqsadida bir qator investitsion loyihalar amalga oshirildi.

Jumladan,

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-iyundagi "220 kV li Taxiatosh IES – PS "Xorazm" – Sarimoy aholi yashash punkti (Xorazm viloyati) elektr uzatish liniyasi qurilishi" investitsion loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-2541-sonli qarori asosida bajarilgan.

 

Loyiha bo'yicha bajarilgan ishlar to'g'risida ma'lumot

I bosqichda: "Xorazm PS – Sarimoy" aholi yashash punktigacha 153,5 km 220 kV havo elektr liniyasini qurish rejalashtirilgan bo'lib, bugungi kunda ob'ektda jami 498 dona ustun o'rnatish ishlari, 153,5 km uzunlikdagi 220 kV havo elektr liniyasi qurilish ishlar yakunlanib, 2020-yil 30-may kuni kuchlanish berildi;

II bosqichda: "Xorazm PS–Taxiatash IES" 220 kVli havo elektr liniyani qurish bo'yicha jami 730 dona tayanch o'rnatilib, 195,3 km uzunlikdagi havo elektr liniyasini qurish ishlari tugallandi va kuchlanish berildi.

 

2021-yilda amalga oshiriladigan ishlar

2021-yilda jami 313,5 km uzunlikdagi yangi liniya qurilishi ko'zda tutilgan:

Qashqadaryo viloyatida L-Azamat 1 – 57 km; L-Azamat 2 – 58 km

Samarqand viloyatida L-17-T – 4,5 km; L-T-K – 4,5 km

Jizzax viloyatida L-DNS 1,2 – 40 km x 2 dona (110 kvni 220 kV ga o'tkazish)

Navoiy viloyatida L-17-X4 – 26 km

Surxondaryo viloyatida L-507 – 65 km

Toshkent viloyatida L-19-D – 18,5 km (Toshkent shahridagi yuksak podstansiyasini yuklanganlik darajasini kamaytirish maqsadida)

 

O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy sohalarini yanada rivojlantirish, aholi va sanoat tarmoqlarining elektr energiyasiga bo'lgan talablarini qondirish, mustahkam va ishonchli elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida jamiyatimiz tomonidan havo tarmoqlari bo'yicha mukammal ta'mir, joriy ta'mir, texnik xizmatlar va yangi investitsiya dasturlariga asosan yangi qurilish ishlari amalga oshirib borilmoqda.

 

Jumladan,

2021-yil ta'mirlash rejasiga asosan 1206,153 km elektr uzatish havo tarmoqlarida mukammal ta'mirlash ishlari, 4320 km elektr uzatish havo tarmoqlarida joriy ta'mirlash ishlarini bajarish rejalashtirilgan.

Shamsiddin Kulibayev, "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati elektr tarmoqlaridan foydalanish boshqarmasi boshlig'i

E'tiboringizga Elektr tarmoqlaridan foydalanish boshqarmasi xodimlari tomonidan tayyorlangan taqdimot slaydlarini havola etamiz:

 

 

 

 

 

 

 

 

 

"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>