Yoshlar siyosati
Bugun "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati Yoshlar Ittifoqi boshlang'ich tashkilotining navbatdagi uchrashuvi bo'lib o'tdi.
  • 25.02.2021
  • 518

   Bugun "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati Yoshlar Ittifoqi boshlang'ich tashkilotining navbatdagi uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda Jamiyat boshqaruvi raisining ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo'yicha maslahatchisi O.To'xtashev, matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo'yicha maslahatchi U.Urunov hamda Jamiyat tarkibidagi boshqarma, bo'lim va xizmatlarda mehnat faoliyati yuritayotgan yosh energetiklar ishtirok etishdi.

   Ochiq muloqot tarzida o'tkazilgan uchrashuvda Yoshlar Ittifoqi sardori A.Botirovning hisoboti tinglanib, "Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili"da boshlang'ich tashkilot tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi.

   Uchrashuv so'nggida joriy yilning mart-aprel oylaridagi tadbirlar rejasiga muvofiq eko-sayohat tashkil etish, yoshlarni malaka oshirish kurslariga yuborish, umumxalq hasharida faol ishtirok etish, Xalqaro xotin-qizlar hamda Navro'z umumxalq bayramlarida o'tkaziladigan tadbirlar sanasi kelishib olindi.

 

"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati
t.me/uzmetaxborotxizmati

>