Yangiliklar
Bugun Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va Yaponiyaning TEPSCO kompaniyasi vakillari bilan onlayn muloqot o‘tkazildi
  • 16.03.2021
  • 482

  Bugun, 2021-yil 16-mart kuni «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati ishtirokida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi  — JICA hamda Yaponiyaning TEPSCO kompaniyasi vakillari bilan onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi.

  Videokonferensiya shaklida o‘tkazilgan uchrashuv davomida «Navoiy IESda 650 MVt quvvatga ega bo‘lgan to‘rtinchi bug‘-gaz qurilmasini qurish» loyihasini amalga oshirishga doir texnik masalalar muhokama etildi.

  Shuningdek, onlayn  muloqotda  «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ va «O‘rtaosiyoenergotarmoqloyiha» AJ loyiha instituti mutaxassislari ham ishtirok etishdi.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>