Yangiliklar
«O‘ZBEKISTON MET» AJ MUTAXASSISLARI MATBUOT ANJUMANIDA ISHTIROK ETISHDI
  • 12.09.2019
  • 803

    Kecha, 11-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan ishlab chiqilgan «media-reja»ga binoan matbuot anjumani o‘tkazildi.

    Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-dekabrdagi «Tabiiy gaz va elektr energiyasi tariflari oshirilishi sharoitida iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–4088-sonli qarorida belgilab berilgan vazifalar ijrosi muhokama etildi.

    Anjumanda Energetika vazirligi tarkibida faoliyat yurituvchi «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ hamda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ mutaxassislari jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati        

 

>