OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Joriy yil 1-oktabrga qadar aholi uchun elektr va gaz tarmoqlariga inson omilisiz avtomatlashtirilgan tarzda ulanish nuqtalarini tanlash tizimi yaratiladi

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bosh prokuratura boshqarma katta prokurori Azim Sattorov yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish borasidagi Prezident qarori mazmun-mohiyati yuzasidan ma'lumot berdi:

  • 17.02.2023
  • 154
Energetika nazorati bo‘yicha Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimi joriy etildi

“Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish sohasida davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–54-son, 13.02.2023-y.) qabul qilindi

  • 16.02.2023
  • 183
MINENERGY.UZ — 2026-yilga qadar umumiy quvvati 4633 MVt bo‘lgan 3 ta yirik va zamonaviy issiqlik elektr stansiyasi ishga tushiriladi

2023-yil yakuniga qadar Shirin shahri va Boyovut tumanlari hududida Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan quvvati 1500 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi ishga tushiriladi

  • 16.02.2023
  • 172
OAV: «O‘zbekiston neft va gaz konlariga tegishli eksklyuziv huquqni Rossiyaga berganmi?»

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov bloger va jamoatchilik vakillariga ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan tushuntirish berdi.

  • 15.02.2023
  • 157
OAV: "SSSRdan meros qolgan aravani rosa mindik va oxiri "yetib keldik". Markaziy Osiyodagi energetika sohasidagi inqiroz haqida

Bu yilgi qish Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun so‘nggi o‘n yilliklardagi eng sovuq qishlardan biriga aylanib, energetika sohasida to‘planib qolgan muammolarni ochib tashladi. Eskirgan infratuzilma tizimning jar yoqasiga kelib qolganidan dalolat bermoqda. Tub islohotlar arzonga tushmaydi va ekspertlar bu mintaqa uchun oxirgi anomal qish emasligidan ogohlantirmoqda.

  • 15.02.2023
  • 151
kun.uz — Andijonda tadbirkorlar, Navoiyda esa aholi quyosh paneli o‘rnatishga majburlanmoqda

Yanvar oyida kuzatilgan anomal sovuq mas’ullarni keyingi qishni hozirdan o‘ylashga majbur qildi: elektr energiyasi taqchilligi va kutilmagan avariya holatlariga yechim sifatida quyosh elektr stansiyalari ko‘rilyapti. Budjet tashkilotlariga quyosh paneli va issiq suv kollektorini o‘rnatish majburiyati yuklanmoqda. Ammo buning ortidan joylarda aholi va tadbirkorlarni ham quyosh paneli o‘rnatishga majburlash kampaniyasi boshlab yuborildi.

  • 15.02.2023
  • 149
darakchi.uz — Muhokamalarga sabab bo`layotgan Surxondaryodagi gaz koni bo`yicha munosabat bildirildi

So`nggi kunlarda Ozodlik radiosining "Kreml changalidagi o`zbek gazi" sarlavhali surishtiruvi ijtimoiy tarmoqlarning o`zbek segmentida shov-shuvlarga sabab bo`ldi. Surishtiruvda o`zbek gazi suvtekin narxda Rossiya kompaniyalariga sotib yuborilgani aytilgan.

  • 15.02.2023
  • 265
2026-yilga borib Sirdaryo viloyatida umumiy quvvati 3073 MVt bo‘lgan 2 ta zamonaviy issiqlik elektr stansiyasi ishga tushiriladi

2023-yil yakuniga qadar Shirin shahri va Boyovut tumanlari hududida Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan quvvati 1500 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi ishga tushiriladi;

  • 14.02.2023
  • 158
uza.uz — Elektr energiyasi va tabiiy gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilmoqda

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar “Yakkabog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida fuqaro M.Sh. umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga mayning qurilmalarini o‘zboshimchalik bilan ulab, 81,1 ming kVt/s elektr energiyasini noqonuniy sarflagan.

  • 13.02.2023
  • 146
OAV: «Davlat qurishi emas, nazorat qilishi kerak» - 20 yildan beri AQShda ishlayotgan o‘zbekistonlik muhandis — kun.uz

Yuqori kuchlanishli elektr simlari ustunlari osti bo‘m-bo‘sh qilib qo‘yiladi. Ikki tomoni ham to‘la uy, lekin o‘sha elektr simlari o‘tgan hudud elektr tarqatuvchi tashkilotning mulki hisoblanadi. Masalan, men shu joydan yo‘l o‘tkazishim uchun ham ulardan ruxsat olishim kerak. Umuman hamma odamlarning harakati shtatni rivojlantirishga qaratilgan. Lekin hammasi qonunlar doirasida bo‘lishi kerak. Shuningdek, shaharning yozib qo‘yilgan qoidalari bor, injenerlik ishlari, dizaynlar hammasi o‘sha asosida ketadi.

  • 10.02.2023
  • 181
MINENERGY.UZ — 2016 — 2022-yillarda respublikamizda elektr energiyasi ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari

2022-yilda elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 2016-yilga nisbatan 15,3 mlrd kVt⋅soatga yoki 25,9 foizga ko‘pni tashkil etdi

  • 08.02.2023
  • 209
gazeta.uz — May oyida elektr energiyasi va gaz narxlarining erkinlashtirilishi kutilmoqda — Markaziy bank

O‘zbekiston Markaziy banki raisi o‘rinbosari Behzod Hamroyev may oyida elektr energiyasi va gaz narxlarining erkinlashtirilishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu chora bir necha yildan beri kechiktirib kelinadi.

  • 08.02.2023
  • 148
OAV: «Payariqliklar nega elektr tarmoqlari korxonasidan norozi?»

Rahbar korxonaning o‘zida ham «svet» o‘chib qolganligini uchta tuman oshib kelayotgan yuqori kuchlanishli tarmoqda elektr yo‘qligi bilan izohladi. Tumanda aholining elektr energiyasidan debitor qarzdorligi 14 milliard so‘mni, ulgurji iste'molchilarniki 7 milliard so‘mni tashkil etadi. Tumanda xonadonlarga ASKUE «aqlli» hisoblagichlar o‘rnatish ishlari ham yakuniga yetkazilmagan. Ayni paytda 600 nafardan ziyod iste'molchining xonadoni, har birining 5-6 million so‘mdan qarzi bo‘lganligi sababli tarmoqdan o‘chirilgan.

  • 07.02.2023
  • 198
yuz.uz — Sirdaryoda 356 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati ma’lum qildi.

  • 07.02.2023
  • 285
uza.uz — Yanvar oyida 5,6 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Joriy yilning yanvar oyi davomida Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 511 ta holatda 6,7 mln kVt-soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.

  • 03.02.2023
  • 175
Andijon viloyati iste’molchilarining elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida yuqori kuchlanishli yangi podstansiya va elektr uzatish tarmog‘i qurilmoqda

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Andijon viloyatining Shahrixon, Baliqchi, Bo‘ston va Ulug‘nor tumanlaridagi iste’molchilarning elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 220 kV kuchlanishli “Yangi Andijon” podstansiyasi qurilmoqda. Podstansiya joriy yil yakuniga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

  • 01.02.2023
  • 154
OAV: «Bizga «qishki xona»lar kerak»

Esimda, o‘quvchilik yillarim qishda sinf xonamizning pechkasi ertalab faqat bir marta yoqilardi. Uyimiz ham atigi ikki mahal isitilar va shu iliq harorat tafti biz uchun yetarli edi. Ta'lim olish, kundalik turmush ishlari o‘z maromida davom etaverardi.

  • 31.01.2023
  • 198
MINENERGY.UZ — Energetika vazirligi: joriy yilda 7 ta elektr stansiya ishga tushiriladi

Joriy yil yakuniga qadar yurtimizda umumiy quvvati 2910,6 MVt bo‘lgan 7 ta elektr stansiya (1 ta IES, 1 ta shamol, 3 ta quyosh va 2 ta GES) ishga tushirilishi (yagona elektr tarmog‘iga ulanishi) rejalashtirilgan. Xususan:

  • 31.01.2023
  • 196
OAV: «Matbuotga munosabat shumi? — ishonch.uz»

Fuqarolarning murojaatlari va tanqidiy materiallarga bepisand munosabatda bo‘layotgan, bu boradagi qonun talablarini buzayotgan mutasaddi tashkilotlar ham oz emas. Afsuski, bu og‘riqli nuqtamizdir. «Ishonch» va «Ishonch-Doverie» gazetalari 2022-yilda 236 ta tanqidiy materialni ko‘rib chiqib, munosabat bildirish uchun tegishli hokimlik, vazirlik va tashkilotlarga yubordi.

  • 31.01.2023
  • 251
kun.uz — Toshkent viloyatida chiqindi gazidan elektr energiyasi ishlab chiqarish majmuasi quriladi. Bu 4 yil avvalgi kelishuv edi

Bu – maishiy chiqindi gazidan (metan) elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi Markaziy Osiyodagi yagona majmua bo‘ladi. Unga Koreyaning Sejin G&E kompaniyasi 55 mln dollar investitsiya kiritadi. Loyiha 2018 yilda tasdiqlangan edi.

  • 28.01.2023
  • 199
>