Qiziqarli xabarlar
Quyosh energiyasidan foydalangan holda apelsin sharbati
  • 18.10.2022
  • 451

Gollandiya dizaynerlik studiyasi quyosh energiyasidan foydalangan holda apelsin sharbati tayyorlaydigan kioska yaratdi.

Mashinaning displeyida bir piyola sharbat ishlab chiqarish uchun quyosh nuri qancha daqiqa sarflanishi ko‘rsatilgan – kun o‘rtasida ikki daqiqadan kamroq vaqt, qorong‘uda esa deyarli bir soat talab etiladi.

Bundan tashqari, apelsindagi kaloriyalar sizga energiya beradi. Shunday qilib, yaratuvchilar energiya uzatish ustida ishlashadi va atrofdagilarga, yangi siqilgan sharbatni olish yoki  shu kabi yangi nimadir ixtiro qilish uchun haqiqatan ham qancha energiya kerakligini ko‘rsatishadi.

 

#quyoshenergiyasi

Manba: https://t.me/clearenergy/1668

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>