Bugun, 2023-yil 15-mart kuni soat 10:00da Aksiyadorlik jamiyati majlislar zalidan va onlayn shaklda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati faoliyatining 2022-yil yakunlariga bag‘ishlangan Matbuot anjumaniga bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Aksiyadorlik jamiyati mas’ul xodimlaridan tashqari OAV vakillari, turdosh tashkilot axborot xizmati rahbarlari, Magistral elektr tarmoqlari filiallari mutaxassislari, shuningdek, ZOOM platformasidan yana ko‘plab jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Matbuot anjumanida Axborot xizmati rahbari U.P.Urunovning «O‘zbekiston MET» AJ faoliyatining 2022-yilgi sarhisob tezisi o‘qib eshittirildi. So‘ngra tadbir ishtirokchilari va OAV vakillarining savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.
⇒ O‘zb: ▶️ uzbekistonmet.uz ▶️ uza.uz
⇒ Рус: ▶️ uzbekistonmet.uz ▶️ uza.uz
‖ Veb-sahifa ‖ Telegram ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ Twitter ‖ Utube ‖ Youtube ‖
“O‘zbekiston MET” AJ Axborot xizmati