OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Ommaviy savdolar orqali to‘liqligicha sotiladigan korxonalarning aksiya paketlari (ulushlari) ro‘yxati
  • 29.03.2023
  • 228

Ro‘yxatga “O‘zbekneftgaz” AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “O‘zavtosanoat” AJ, “O‘zkimyosanoat” AJ, “Navoiyazot” AJ, “Olmaliq KMK” AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “O‘zdonmahsulot” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgazta'minot” AJ, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “O‘zbekiston MET” AJ, “O‘zbektelekom” AK, “O‘ztransgaz” AJ, “O‘zbekgidroenergo” AJ, “O‘zmilliybank” AJ kabi yirik tashkilotlar tizimiga kiruvchi korxonalar kiritilgan.

Joriy yilning 24-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoev «Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning
qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzolagan edi.

Mazkur qaror asosida xususiylashtirish sohasida qilinishi kerak bo‘lgan qator amaliy ishlar belgilandi. Jumladan, ommaviy savdolar orqali to‘liqligicha sotiladigan 1 001 ta korxonaning aksiya paketlari (ulushlari) ro‘yxati tasdiqlandi (to‘liq ro‘yxat yuqoridagi faylda berilgan).

Manba: https://t.me/uzauz/4397

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
t.me/uzmetaxborotxizmati

>