Kasaba uyushmasi
She’rlarida Vatan madhi goʻzalroq…
  • 26.04.2024
  • 60

“Toshkent shahar MET” filialida joriy yilning 22-25-aprel kunlari Muhammad Yusufning tavallud topgan kuninig 70 yillik yubileyi munosabati bilan shoirning hayoti va ijodi toʻgʻrisida ma’muriy binoda faoliyat koʻrsatayotgan xodimlari, “Yuksak”, “Ozodlik” podstansiyalarida hamda Mexanizatsiya va avtotransport guruhi xodimlari bilan ma’naviyat soati haftaligi oʻtkazildi.

Tadbirda kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi N.X. Xodjamkuliyeva taniqli shoir Muhammad Yusuf tavallud topgan kunining 70 yilligiga bagʻishlangan tadbirni ochib berdi.

Shoir she’rlari xalqimiz yuragidan munosib oʻrin topgan. Uning she’rlari yettidan yetmish yoshgacha boʻlgan ixlosmandlar tilidan tushmaydi, dillarida aks-sado beradi. Samimiy she’rlar mashhur qoʻshiqlarga aylanib ulgurdi. Shoir Muhammad Yusuf XXI asr oʻzbek adabiyotida soʻnmas yulduz boʻlib, har bir dillarda porlaydi. Shoir oʻz Ona vataniga, tabiatga va insoniyatga boʻlgan iliq xissini oʻzining yuraklarini larzaga soluvchi garchand sodda tilda yozilgan boʻlsada odamning qalbiga chuqur kirib boradi.

Tadbirga yigʻilganlar shoirning hayoti va ijodidan bizga qoldirgan Vatanni madh etuvchi she’rlaridan aytib berishdi. Tashkillashtirilgan ma’naviyat soati barchaga koʻtarinki ruh va xush kayfiyat baxsh etdi.

Tadbir soʻngida energetiklar tomonidan tayyorlangan Muhammad Yusufning she’rlari yodga olindi.

✍️ «Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filiali Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti aʼzolari

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>