Kasaba uyushmasi
XOTIRA VA QADRLASH — MUQADDAS QADRIYAT
  • 08.05.2024
  • 22

Bugun “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filialida “9-may — Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan xotira tadbiri tashkil o‘tkazildi.

Unda “Samarqand MET» filiali rahbariyati, ishchi-xodimlari, faxriy energetiklar hamda turdosh tashkilot xodimlari ishtirok etishdi.

⚡️ “Samarqand MET” filiali bosh muhandisi I.T.Abulqosimov urushning ayanchli oqibatlarini unutmaslik, tinch va osuda hayotning qadriga yetish, Vatanga sadoqat hissi bilan yashash, mehnat faxriylarini doim e’zozlash lozimligini haqida o‘z fikrlarini bayon etib, faxriylarga qimmatbaho sovg‘alar ulashdi.

Tadbir so‘ngida “Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali hamda “Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ xodimlari, mehnat faxriylari ishtirokida filial hovlisidagi Xotira monumenti poyiga gulchambarlar qo‘yildi.

“Samarqand MET” filiali Kasaba uyushmasi

Facebook  ‖ InstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>