

Bugun, 2025-yil 29-dekabr kuni soat 13:02da «Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali tasarrufidagi L-Kristal 110 kV elektr uzatish tarmog‘i favqulodda o‘chgan edi.
⚡️ Natijada Samarqand viloyatining Narpay tumani isteʼmolchilarining ayrim qismi vaqtincha elektr taʼminotidan uzilgan.
⚙️ Ayni paytda masʼul xodimlar va navbatchi brigadalar tomonidan nosozlik bartaraf etish choralari ko‘rildi. 14:02 vaqt bilan L-Kristall 110 kV tarmoqga kuchlanish berildi.
⇒ Isteʼmolchilardan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati