Yoshlar siyosati
"O`ZBEKISTON MILLIY ELEKTR TARMOQLARI" AKSIYADORLIK JAMIYATIDA YOSHLAR SIYOSATI MASALALARIGA ALOHIDA E'TIBOR BERILMOQDA
  • 14.02.2020
  • 872

     O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-dekabrda kuni mamlakat yoshlari bilan videoselektor tarzida o'tkazilgan uchrashuvida davlat va jamoat tashkilotlari tizimida mehnat faoliyatini olib borayotgan yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etish va ularning muammolarini o`rganish hamda yoshlar muammolarini hal etish bo'yicha "O`zbekiston MET" AJ bir nechta uchrashuvlar, davra suhbatlari, videoselektor muloqotlari hamda ekskursiya va ekotur-hashar tadbirlari tashkil etildi.

     Jumladan:

     - 2020-yil 6-yanvar kuni "O`zbekiston MET" AJ majlislar zalida jamiyat yoshlari bilan davra suhbati o`tkazildi. Davra suhbati yakunida jamiyat yoshlari ishtirokida yoshlar Ittifoqining boshlang`ich tashkiloti tuzilib, saylash yo`li bilan uning yetakchisi aniqlandi, jamoat tashkilotining maqsad va vazifalar belgilandi.

     Batafsil: http://uzbekistonmet.uz/oz/

      Батафсил: http://uzbekistonmet.uz/uz/

     - 2020-yil 21-yanvar kuni "O`zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi "Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari" filiali hamda tibbiy-sanitariya qismida yoshlar bilan davra suhbati bo`lib o`tdi. Uchrashuvlarda yoshlar Ittifoqi Toshkent shahar kengashi vakili Mahmudov Ahror ishtirok etdi.

     Батафсил: http://uzbekistonmet.uz/oz/

     - 2020-yil 25-yanvar kuni jamiyatida faoliyat yurituvchi yosh muhandislardan iborat guruh "Qo`yliq" podstansiyasiga ekotur tadbiri uyushtirdi.

     Батафсил: http://uzbekistonmet.uz/oz/

     Batafsil: http://uzbekistonmet.uz/uz/

    - 2020-yil 1-fevral kuni O`zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Alisher Sultonov bilan yoshlar uchrashuvida "O`zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati yoshlar Ittifoqi a'zolari hamda ma'muriyat a'zolari ishtirok etishdi.

     Батафсил: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/

    - 2020-yil 2-fevral kuni "O`zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyatida videomuloqot shaklidagi "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" o`tkazildi. Unda jamiyat boshqaruv raisining birinchi o`rinbosari Xoliq Elmurodov jamiyat yoshlari saylagan hududiy tashkilotlar yetakchilari bilan birma-bir tanishib, ularning ish faoliyati, kelgusi rejalari, mavjud muammolari hamda ularning yechimiga oid takliflari haqida suhbatlashdi. Xoliq Boboyorovich asosan yosh muhandislardan iborat yoshlar boshlang`ich tashkiloti a'zolariga mehnat faoliyatida omadlar tilab, energetika sohasining kelajakda qanday marralarga erishishi hozirgi yosh muhandislarning bilim-tajriba va kasbiy malakalariga bog`liq bo`lishini alohida ta'kidlab o`tdi.

     Batafsil: http://uzbekistonmet.uz/oz/

     Батафсил: http://uzbekistonmet.uz/uz/

    - 2020-yil 9-13 fevral kunlari "O`zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi "Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari" filialida hashar uyushtirilib, yoshlar o`rtasida sport musobaqalari o`tkazildi.

     Batafsil: http://uzbekistonmet.uz/oz/

     Батафсил: http://uzbekistonmet.uz/uz/

     "O`zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyatida yoshlar siyosati masalalariga alohida e'tibor berilib, ularning kasbiy mahorati yuksalishiga ijobiy ta'sir etish choralari ko`rilmoqda. Yoshlar o`rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda sport-sog`lomlashtirish tadbirlariga zarur sharoitlar yaratish bo`yicha barcha imkoniyatlar safarbar etilgan.

"O`zbekiston MET" AJ axborot xizmati

Kanalga a'zo bo`ling! t.me/uzmetaxborotxizmati

 

 

>