Qanliko‘l tumanida joylashgan 110/35/10 kV kuchlanishli «Qanliko‘l» podstansiyasida rejaga asosan T-2-110 kV, VT-2-35 kV, L-Diyxanabad-35 kV, KRUN-2-CШ-10 kV va TS-2-10 kV elektr qurilmalarining izolyatsiyasini tekshirish ishlari olib borildi, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi.
Bundan tashqari, «Qoraqalpog‘iston magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari tomonidan 2025–2026-yil kuz-qish mavsumi davomida generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini taqsimlovchi tarmoqlarga barqaror yetkazish uchun barcha kuch va resurslar safarbar etilgan.
Magistral elektr tarmoqlari va podstansiyalarda modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish montaj ishlari esa loyiha yo’l xaritasiga muvofiq davom ettirilmoqda.
Barcha ishlar me’yoriy talablarga muvofiq va xavfsizlik choralariga rioya qilingan holda bajarilmoqda.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «QORAQALPOG‘ISTON MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo’lish uchun