2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
XORAZM VILOYATI: Elektr tarmoqlarini ishonchliligini oshirishga qaratilgan profilaktika ishlari davom ettirilmoqda
  • 20.10.2025
  • 18

Avval xabar berganimizdek, 110 kV kuchlanishli L-Xazorasp-1 elektr uzatish havo tarmog‘ida texnik ko‘rik davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Mutaxassislar tomonidan seyidagi ishlar bajarildi:

▪️ sim tutqichlari va izolyatorlar texnik holati tekshirildi;

▪️ eskirgan qismlar almashtirildi;

▪️ tarmoqning mexanik mustahkamligi qayta tiklandi.

Kuz-qish mavsumida elektr ta’minotida uzilishlar yuzaga kelmasligi va tarmoqning barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida mutaxassislar tomonidan zarur profilaktik va ta’mirlash choralari ko‘rilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekiston Respublikasining magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish, ularni rivojlantirish, elektr energiyasini yetkazib berish hamda davlatlararo tranzit va hamkorlikni amalga oshirish «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJning asosiy faoliyat yo‘nalishi hisoblanadi.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

«XORAZM MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI 

t.me/XorazmMET_Axborot