

Denov shahrida joylashgan 35/10 kV kuchlanishli “Paxtazavod” podstansiyasida elektr qurilmalarining joriy ta’mirlash ishlari olib borildi.
Shu bilan birga, iste’mol hajmi yuqori bo‘lgan davrda taqsimlovchi tarmoqlarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida texnik-profilaktik ishlar ham bajarildi.
⚙️ Ta’mirlash jarayonida quyidagi ishlar bajarildi:
◾️ T-2-35 kV izolyatsiyasi tozalandi;
◾️ 2-СШ-35 kV barcha ulanmalari joriy ta’mirdan chiqarildi;
◾️ ODKZ-35 kV reja asosida releli himoya va avtomatika tizimi tekshirildi;
◾️ Transformator izolyatsiyasi tozalanib, sinov ishlari o‘tkazildi.
Texnik xizmat ko‘rsatish jarayonida barcha xavfsizlik me’yorlariga qat’iy amal qilindi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «SURXONDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga obuna bo’ling!