

► Surxondaryo viloyati
✍️ "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov magistral elektr tarmoqlarida olib borilayotgan 2025/2026-yil kuz-qish mavsumida malga oshirilayotgan ishlar bilan bevosita tanishish maqsadida ayni paytda Surxondaryo viloyatida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Xizmat safarining dastlabki manzili "Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari" filiali ma’muriy binosi bo‘lib, Dadajon Aynaqulovich Filial rahbariyatining bajarilgan ishlar yuzasidan hisobotini tingladi va modernizatsiya loyihalari yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.
So‘ngra xizmat safari 220 kV kuchlanishli "Noibobod-1" elektr uzatish tarmog‘ining chegaradosh hududlardan o‘tgan qismida olib borilayotgan ta’mirlash-sozlash ishlari bilan tanishish bilan davom etdi.
⚙️ Avvalroq xabar berilganidek, qo‘shni Afg’oniston Islom Respublikasi energetika kompaniyasi tasarrufidagi 220 kV kuchlanishli Noibobod-1 elektr uzatish havo tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan edi. Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi mutaxassislar bilan amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, muddati va texnik-muhandislik yechimlariga oid masalalarni atfoflicha tahlil qilib, mas’ullarga topshiriqlar berdi.
Ma’lumot o‘rnida: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuchlanishli podstansiyalar orqali taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish (transportirovka), shuningdek, elektr energiyasi davlatlararo tranziti bilan shug‘ullanadi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️“Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali kanaliga obuna bo‘ling!