2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
FARG’ONA VILOYATI: Jahon banki vakillari 220/110/10 kV kuchlanishli “Farg‘ona” podstansiyasida bo‘lishdi
  • 12.11.2025
  • 36

Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori “Fargʻona magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 220/110/10 kV kuchlanishli “Farg‘ona” podstansiyasiga tashrif buyurdi. Tashrif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabrdagi PQ–3284-sonli qarori asosida amalga oshirilayotgan “Magistral tarmoq podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish (Faza I)” investitsiya loyihasi doirasida tashkil etildi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur loyiha “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Jahon banki mablag‘lari hisobiga moliyalashtirilmoqda. Undan ko‘zlangan asosiy maqsad — mamlakatimiz elektr energetika tizimin, xususan magistral elektr uzatish tarmoqlari barqaror faoliyatini ta’minlash, shuningdek, jismonan eskirgan podstansiyalarni zamonaviy xalqaro standartlarga muvofiq modernizatsiya qilishdir.

Tashrif davomida Jahon banki direktori loyiha doirasida bajarilgan qurilish-montaj ishlari, o‘rnatilgan yangi transformatorlar, zamonaviy elektr qurilmalari hamda raqamli boshqaruv tizimlarining samaradorligi bilan yaqindan tanishdi.

⚡️ Mutaxassislar tomonidan amalga oshirilayotgan texnik modernizatsiya ishlari, sifat nazorati va ekspluatatsiya jarayonlari bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

Tashrif yakunida Jahon banki vakili bajarilgan ishlarning sifat darajasi va loyiha ijrosining tashkil etilishi bo‘yicha ijobiy fikr bildirdi.

⚙️ Ushbu tashrif PQ–3284-son qaror doirasidagi loyihaning amalda muvaffaqiyatli olib borilayotganini, shuningdek, xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik O‘zbekiston energetika tarmog‘ining barqaror rivojlanishiga xizmat qilayotganini yana bir bor tasdiqladi.

 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

«FARG’ONA MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI kanaliga obuna bo’ling

https://t.me/FargonaMET_Axborot