2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
ANDIJON VILOYATI: 500 kV kuchlanishli podstansiyasining o‘tkazuvchanlik quvvati oshirildi
  • 12.11.2025
  • 41

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga asosan Andijon viloyatida joylashgan yuqori kuchlanishli podstansiyalarning quvvatini oshirish ishlari amalga oshirilmoqda.

⚙️ Misol uchun, Jahon bankining modernizatsiya dasturi (1-bosqich) doirasida hamda "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati mablag'lari hisobidan "Andijon magistral elektr tarmoqlari" filiali tasarrufidagi 500/220/10 kV kuchlanishli «Lochin» podstansiyasining o‘tkazuvchanlik quvvati oshirildi. 

Energetika obyektida mavjud AT-1 3x167 MVA (501 MVA) quvvatli avtotransformatorlar o‘rniga 3x267 MVA (801 MVA) quvvatli yangi avtotransformatorlari o‘rnatilib, ishga tushirildi. Buning natijasida podstansiyaning umumiy o‘tkazuvchanlik quvvati 1002 MVAdan 1602 MVA oshirilidi.  

⚡️ Shuni alohida ta’kidlash lozimki, 500/220/10 kV kuchlanishli «Lochin» podstansiyasiga o‘rnatilgan navbatdagi (ikkinchi) zamonaviy avtotransformator O‘zbekiston Respublikasi elektr energetika obyektlaridagi eng yuqori quvvatli elektr qurilmasi hisoblanadi va u orqali Andijon hamda Farg‘ona viloyatining katta hududidagi 220 kV kuchlanishli podstansiyalarga quvvat uzatiladi.

Eslatib o‘tamiz, 500/220/10 kV kuchlanishli «Lochin» podstansiyasiga o‘rnatilgan yangi avtotransformatorlar har birining umumiy og‘irligi 228 tonnani tashkil etib, izolyatsiya vazifasini bajarish uchun unga 144 tonna moy quyiladi. Shuningdek, avtotransformatorning gabarit o‘lchamlari 8,1 x 3,7 x 4,55 metrni tashkil etadi.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

❗️ “Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali

http://t.me/AndijonMET_Axborot