

«O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati ko‘psonli jamoasini yurtimizda davom etayotgan bayram bilan yana bir bora samimiy tabriklaymiz.
Kasaba uyushmalari kuni bayrami hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi munosabati bilan Aksiyadorlik jamiyatimiz jamoasining ham samarali mehnat faoliyati inobatga olinib, O‘zbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari Federatsiyasining Ko‘krak nishoni, Energetika vazirligining Faxriy yorlig‘i, tarmoq Respublika Kengashining Faxriy yorliqlari bilan Nodira Xidirova, Neʼmat Abdullayev, «Farg‘ona MET» filiali kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti raisi G‘ayrat Mirzayev va «Surxondaryo MET» filiali kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti raisi Bahrom Orziqulov munosib taqdirlandi.
O‘zbekiston energetika sohasi, xususan elektr energetika tarmog‘ida amalga oshirilayotgan ulkan islohotlarga o‘zimizning munosib hissamizni qo‘shayotganimizdan mamnunmiz.
Dadajon Isaqulov, Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati