2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
«Prezident qarorlari — hayotda va nazoratda»
“Qambarota GES-1”: Markaziy Osiyoni birlashtirgan tarixiy “yashil” loyiha
  • 13.11.2025
  • 12

#yashil_energiya #yakdil_mintaqa

“Qambarota GES-1”: Markaziy Osiyoni birlashtirgan tarixiy “yashil” loyiha

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston o‘rtasida Qambarota GES-1 loyihasini birgalikda amalga oshirish to‘g‘risidagi bitim mintaqaning suv-energetika resurslaridan birgalikda foydalanish amaliyotida yangi sahifa ochgani qardoshlarcha hamkorlikning yorqin dalilidir.

Toshkent va Bishkek o‘rtasida Chashma bulog‘idan birgalikda foydalanish to‘g‘risidagi kelishuv oqilona murosaga misol bo‘la oladi.

O‘zbekiston va Tojikiston ishtirokida Zarafshon daryosida Yovon va Fondaryo GESlarini qurish bo‘yicha hamkorlik oldinga siljimoqda, O‘zbekiston, Tojikis­ton va Qozog‘iston o‘rtasida Bahri Tojik suv omborini vegetatsiya davrida kelishilgan tartibda ishlatish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi, – dedi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev.

“Qambarota GES-1” Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatidagi Norin daryosida barpo etiladigan eng yirik energetika inshootidir. 

Loyiha doirasida 5,4 mlrd kub metrga teng suv ombori va 1860 MVt quvvatli gidroelektr stansiyasi ishga tushiriladi. 

Natijada yiliga o‘rtacha 5,6 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi. 

Bu nafaqat barqaror energiya manbai, balki mintaqaviy hamjihatlik va iqtisodiy o‘sish omili bo‘lib xizmat qiladi.

“Qambarota GES-1” nafaqat iqtisodiy loyiha, balki qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlarini ochadigan, shuningdek, har uchala davlatga suv resurslarini to‘g‘ri boshqarish imkonini beradigan unikal “yashil” energetika loyihasi hamdir.

 

Manba: https://t.me/minenergy_uz/18192

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati