2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SAMARQAND VILOYATI: 220/110/35/10 kV kuchlanishli “Samarqand” podstansiyasida kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida avariyaga qarshi mashg‘ulotlar o‘tkazildi
  • 17.11.2025
  • 25

“Samarqand” podstansiyasida kuz–qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyaviy holatlarning oldini olish va ularga tezkor javob berish maqsadida avariyaga qarshi mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida dispetcherlik boshqaruvi, navbatchi xodimlar harakatlari, xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar mustahkamlandi.

Tadbirda quyidagi mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi:

      ♦   Jamshid Xalimov — bosh muhandis o‘rinbosari; 

      ♦    Akram Shamanov — maxsus ishlar va xavfsizlik bo‘yicha yetakchi mutaxassis; 

      ♦   Sarvar Haydarov — "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ Xavfsizlik va maxsus ishlar boshqarmasi boshlig‘i; 

      ♦   Ulug‘bek Rahmatov — "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ Xavfsizlik va maxsus ishlar boshqarmasi yetakchi mutaxassisi. 

 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

❗️ «SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

https://t.me/SamarqandMET_Axborot