2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI: 110/35/6 kV kuchlanishli «Xo‘jayli», «To‘rtko'l» hamda «Qaratau» podstansiyalarida texnik profilaktika ishlari olib borildi
  • 17.11.2025
  • 24

⚡️«Qoraqalpog‘iston magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari tomonidan quyidagi energetika obyektlarida texnik profilaktika ishlari olib borildi:

     ♦ 110/35/6 kV kuchlanishli «Xo‘jayli» va «To‘rtko'l» podstansiyalarida rejaga asosan T-2-110 kV, VT-2-35 kV, RVS-35 kV, T-1-110 kV, RVS-1-35 kV, OSV-110 kV, MSV-35 kV va  KRUN-I-СШ-6 kV elektr qurilmalarining izolyatsiyasini tekshirish ishlari olib borildi, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi.

     ♦ 110/35/6 kV kuchlanishli «Qaratau» podstansiyasida rejaga asosan T-2-110 kV, VT-2-110 kV, RVS-2-35 kV, TS-2-6 kV va  KRUN-II-СШ-6 kV elektr qurilmalarining izolyatsiyasini tekshirish ishlari olib borildi, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi.

⚙️ Olib borilgan texnik profilaktika ishlari quyidagilarni tashkil etdi:

     ♦ Kuch transformatori texnik tekshiruvdan o‘tkazildi;

 

 

     ♦ Kuch transformatorining kiritkichlaridagi (ввод) moy sizib chiqishi nuqsonlari bartaraf etildi;

     ♦ Kuch transformatorining moy sathi meyyoriga keltirildi;

     ♦ Moyli o'chirgichlarning izolyatorlari tozalandi, kontaktlarning bo‘shagan joylari mustahkamlandi;

     ♦ Shinlar seksiyasidagi izolyatorlar tozalandi.

Ushbu profilaktik ishlar kuz-qish mavsumida generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini taqsimlovchi tarmoqlarga barqaror yetkazish uchun xizmat qiladi.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

❗️ «QORAQALPOG‘ISTON MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI kanaliga a’zo bo’ling!

http://t.me/QoraqalpogistonMET_Axborot