

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filialiga qarashli 220/110/10 kV kuchlanishli “Sardor” podstansiyasida Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boshqarmalari mutaxassislari ishtirokida zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
✅ O‘quv mashg‘uloti davomida Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxassislari tomonidan ishchi-xodimlarga favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakat qilish, xususan zilzila sodir bo‘lganda qanday yo‘l tutish kerakligi bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, milliy ta’lim platformasi — fmiplatforma.uz orqali filial xodimlarining malakasini mustaqil oshirish imkoniyatlari haqida ham batafsil tushunchalar berildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali
telegram kanaliga obuna bo‘ling!