

“Xorazm magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan 35 kV kuchlanishli "L-V-1-K-2" elektr uzatish tarmog‘iga yangi qurilgan 35/10 kV kuchlanishli "Issiqxona" podstansiyasini ulash ishlari amalga oshirildi.
⚙️ Ulash jarayonida simlarni tortish, ulanish joylarini tayyorlash, texnik o‘lchovlar o‘tkazish hamda tarmoqning elektr parametrlarini tekshirish ishlari bajarildi. Mazkur ishlar yangi podstansiyani elektr tarmog‘iga xavfsiz va barqaror ulash hamda elektr energiyasini uzluksiz yetkazib berishni ta’minlashga xizmat qiladi.
Texnik-muhandislik amaliyotlari mutaxassislari tomonidan xavfsizlik texnikasi talablariga qat’iy amal qilgan holda olib borilmoqda.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️“Xorazm magistral elektr tarmoqlari” filiali