2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
TOSHKENT VILOYATI: 35/10 kV kuchlanishli “Farhod” podstansiyasida texnik profilaktika ishlari bajarildi
  • 20.11.2025
  • 19

Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida “Toshkent magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi, Chinoz tumanida joylashgan 35/10 kV kuchlanishli “Farhod” podstansiyasida texnik profilaktika ishlari amalga oshirildi.

⚙️ Ta’mirlash jarayonida T2 transformator va elektr qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish, zarur ehtiyot qismlarni almashtirish, shuningdek, energetika obyektining estetik holatini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar bajarildi.

Xususan, podstansiyadagi asosiy uskunalar bo‘yoqlanib, ularning tashqi ko‘rinishi yangilandi. Bu esa nafaqat jihozlarning xizmat muddatini uzaytirish, balki obyektda mehnat xavfsizligini ta’minlashga ham xizmat qiladi.

⚡️ Ishlar elektr xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshirildi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «TOSHKENT MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga a’zo bo’ling! http://t.me/ToshkentMET_Axborot