2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
TOSHKENT SHAHRI: 220/110/35/10/6 kV kuchlanishli “Qo‘yliq” podstansiyasida himoya tizimi qurilmasiga ulash ishlari amalga oshirildi
  • 28.11.2025
  • 26

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamyatining «Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibidagi 220/110/35/10/6 kV kuchlanishli “Qo‘yliq” podstansiyasida 83-sonli topshiriqnomaga asosan L-F-Ku 220 kV taqsimlovchi qurilma liniyasining yuqori chastotali to‘sqichini almashtirish hamda  L-Yu-R 110 kVni 6 kV himoya tizimi qurilmasiga ulash ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, energetika obyekti hududining estetik holatini yaxshilash ishlari olib borildi.

⚡️  Mazkur ishlar elektr uskunalarining ishonchli va xavfsiz ishlashini ta’minlash, yong‘in xavfining oldini olishga xizmat qiladi.

⇒ Qurilish-montaj, texnik profilaktika va obodonlashtirish ishlari xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshirildi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga a’zo bo’ling! 

http://t.me/Toshkent_shaharMET_Axborot