
Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani
✔️ 35/10 kV kuchlanishli "Vodiy" podstansiyasi
► AVVALGI HOLATI

35/10 kV kuchlanishni "Vodiy" podstansiyasida joriy ta‘mirlash ishlari amalga oshirildi. Ushbu ishlar podstansiyaning ishonchli va xavfsiz faoliyatini ta’minlash hamda uning estetik holatini zamon talablariga moslashtirishga qaratildi.
⚙️ Misol uchun, quvvati 2 500 kVA bo‘lgan T-1 va T-2 transformatorining ayrim elementlarida eskirish, shuningdek, tashqi qoplama qismi koroziya (zanglanish) belgilari kuzatilgani sababli qo‘shimcha texnik xizmat ko‘rsatish talab etilardi.
► ISH JARAYONI:

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamyatining «Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari» filialining malakali mutaxassislari transformatorni batafsil texnik ko‘rikdan o‘tkazishdi. Sirt qismidagi zanglagan joylar maxsus usulda tozalanib, korroziyaga qarshi himoya beruvchi bo‘yoq qatlami bilan qoplandi. Shuningdek, qurilmaning asosiy texnik ko‘rsatkichlari sinovdan o‘tkazilib, zaruriy sozlash va tartibga keltirish ishlari amalga oshirildi.
► HOZIRGI HOLATI:

Hozirda T-1 transformatorida belgilangan joriy ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlandi. Qurilma yangilangan tashqi ko‘rinish va sozlangan texnik holatda barqaror ishlashga to‘liq tayyor holiga keltirildi. T-2 transformatorida hali ta’mirlash ishlari davom etmoqda.
⚙️ Bugungi kunda "Vodiy" podstansiyasi yangicha qiyofa kasb etib, texnik va estetik jihatdan ancha yaxshilandi. Bu esa, nafaqat elektr ta’minotining barqarorligini ta’minlaydi, balki hududda energiya infratuzilmasining samaradorligini ham oshiradi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️"SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI
kanaliga obuna bo‘ling!