

1️⃣ Tarmoqlarda harakatlanuvchi robotlar
Yuqori texnologiyali robotlar elektr uzatish tarmoqlari bo‘ylab harakatlanib, muz qatlamini (muzlamani) mexanik usulda kesadi yoki maydalaydi.
Afzalliklari:
♦ Yuqori kuchlanish ostida ishlashga moslangan;
♦ Inson omili va xavfni kamaytiradi;
♦ Uzoq masofali magistral liniyalar uchun samarali.
2️⃣ Dronlar yordamida muzdan tozalash
Yer orqali yetib borish qiyin bo‘lgan hududlarda dronlar qo‘llaniladi.
Afzalliklari:
♦ maxsus moslamalar bilan muz va qorni urib tushiradi;
♦ kontaktsiz mexanik ta’sir ko‘rsatadi;
♦ Bu usul ayniqsa tog‘li va chekka hududlarda samarali.
3️⃣ Qo‘lda ishlovchi brigadalar
Avtomatlashtirish yetarli bo‘lmagan yoki juda og‘ir muzlash holatlarida:
♦ malakali elektr montyorlar ustunlarga chiqib, maxsus texnika va “hot tool”lar yordamida muzni qo‘lda tozalaydi;
♦ Bu usul sekinroq va xavfliroq bo‘lsa-da, ba’zi vaziyatlarda zarur bo‘ladi.
Nima uchun bu muhim?
❗️ Elektr uzatish tarmoq simlarida muz va qor yig‘ilishi quyidagi oqibatlarga olib kelishi mumkin:
◾️ o‘tkazgichlarning og‘irlashishi va osilib qolishi;
◾️ kuchli shamol va bo‘ronlarda uzilishlar;
◾️ elektr ta’minotida nosozliklarga sabab bo‘lishi;
◾️ tayanchlar va izolyatorlarga xavfli mexanik yuklama berishi.
Internet ma'lumotlaridan foydalanib tayyorlandi.
✍️ Diyorbek Tojiqulov, Elektr tarmoqlarini innovatsion rivojlantirish boshqarmasi 2-toifali mutaxassisi
⚡️ Kanalga obuna bo‘lish uchun: ⇒ https://t.me/+Pz1qHR0W8mYzNmZi
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati