2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
FARG‘ONA VILOYATI: Elektr quvvatini taqsimlovchi tarmoqlarga barqaror uzatish uchun barcha kuch va resurslar safarbar etilgan
  • 24.12.2025
  • 29

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali tomonidan 2025-yilda bajarilgan ishlar to‘g‘risida hisobot maʼlumotnomasi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filiali tarkibida jami 6 ta, (1 ta 500 kV kuchlanishli, 4 ta 220 kV va 1 ta dona 110 kV kuchlanishga ega) podstansiyalar mavjud:

Shundan:

· 500 kV – 1 dona (“O‘zbekiston” podstansiyasi);

· 220 kV – 4 dona (“O‘zgarish” podstansiyasi, “Farg‘ona” podstansiyasi, “Povulg‘on” podstansiyasi, “Sokin” podstansiyasi);

· 110 kV – 1 dona (“2A” podstansiyasi).

Transformatorlar soni jami: 16 dona. “O‘zbekiston” podstansiyasida – 2 ta, “O‘zgarish” podstansiyasida – 3 ta, “Farg‘ona” podstansiyasida – 2 ta, “Povulg‘on” podstansiyasida – 2ta, “Sokin” podstansiyasida – 3 ta, “2A” podstansiyasida – 4 ta.

Farg‘ona viloyati hududida 110–500 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarining umumiy uzunligi 591,77 kilometr bo‘lib, ularning soni bo‘lgan 15 tani tashkil etadi.

Shundan:

· 500 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari – 308,59 km.

· 220 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari – 220,14 km.

· 110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari – 63,04 km.

Modernizatsiya va rekonstruksiya qilish doirasida:

· 220/110/10 kV “Sokin” podstansiyasida quvvati 125 MVA bo‘lgan 1 ta transformator 200 MVA transformatorga almashtirildi va qo‘shimcha ravishda 200 MVA AT-3 avtotransformatori o‘rnatildi, natijada podstansiya orqali qo‘shimcha 275 MVA quvvatni o‘tkazish imkoniyati yaratildi;

· 220/110/10 kV kuchlanishli "O‘zgarish” podstansiyasida quvvati 200 MVA bo‘lgan 2 dona avtotransformator o‘rniga 250 MVA avtotransformatorlar o‘rnatildi, 1 dona 200 MVA avtotransformator zaxira sifatida qoldirildi. Bu bilan podstansiya orqali 300 MVA qo‘shimcha quvvatni o‘tkazish imkoniyati yaratildi;

· 220/110/10 kV kuchlanishli “Farg‘ona” podstansiyasida 1 dona 125 MVA va 1 dona 200 MVA bo‘lgan 2 ta avtotransformator 2 dona 200 MVA quvvatga ega zamonaviy avtotransformatorlarga almashtirildi, natijada podstansiya orqali qo‘shimcha 75 MVA quvvatni o‘tkazish imkoniyati yaratilgan.

Modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari amalga oshirilgandan so‘ng jami quvvat o‘tkazish imkoniyati: 2230 MVAdan – 2880 MVAga oshgan.

“Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filiali mehnat faoliyati yuritayotgan ishchi-xodimlar soni 339 nafarni tashkil etadi.

2025-yil mukammal taʼmirlash rejasiga asosan 110 kV kuchlanishli “2A” podstansiyasidagi 2 ta 35 kV kuchlanishli o‘chirgichlar (L-Do‘stlik, L-Avval) va elektr uzatish tarmoqlarining jami 74,01 km, shundan 60,28 km uzunlikdagi 500 kV kuchlanishli L-503 elektr uzatish tarmog‘i hamda 13,73 km 220 kV L-S-L-1 havo elektr uzatish tarmoqlari mukammal taʼmirlash rejalashtirilgan edi. Bugungi kun holatiga rejadagi 2 ta 35 kV o‘chirgich va rejadagi elektr uzatish tarmoqlarining 74,01 km km qismi hamda 500 kV kuchlanishli L-503 havo tarmog‘ining 18,6 km qismi navbatdan tashqari, shuningdek, elektr uzatish tarmoqlarining 92,61 km qismi mukammal taʼmirlandi.

Bundan tashqari, 500 kV “O‘zbekiston” podstansiyasi da TSN-3 transformatori navbatdan tashqari mukammal taʼmirlandi. 2025 yil mukammal taʼmirlash rejasi to‘liq bajarildi.

Joriy taʼmirlash rejasiga asosan 16 dona kuch transformatorlari, 125 ta o‘chirgichlar va 511,752 km elektr uzatish tarmoqlari joriy taʼmirlanishi rejalashtirilgan edi. Yil yakuniga qadar joriy taʼmirlash ishlari to‘liq bajarildi.

“Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi podstansiyalarda elektr energiyasini tejash bo‘yicha tashkiliy texnik tadbirlar hamda modernizatsiya ishlarini amalga oshirish hisobidan 2025-yil 12 oylik rejasi 1 225 693 kVt∙soat bo‘lib, shundan yanvar-noyabr oylari uchun reja 1 152 924 kVt∙soat belgilangan, amalda 1 385 227 kVt∙soat elektr energiyasi tejamkorligiga erishildi va bu 120,1 % tashkil etdi.

Xo‘jalik ehtiyoji isteʼmoli 12 oylik rejasi 628 364 kVt∙soat bo‘lib, shundan yanvar-noyabr oylari uchun reja 515 364 kVt∙soat etib belgilangan edi, amalda 463 664 kVt∙soat ga bajarildi. 51 700 kVt∙soat elektr energiyasi iqtisod qilindi.2025 yil ko‘rsatkichi 2026 yil yanvar oyidagi hisobotda aks etadi.

O‘z ehtiyoji isteʼmoli 12 oylik rejasi 3 395 648 kVt∙soat bo‘lib, shundan yanvar-noyabr oylari uchun reja 3 036 406 kVt∙soat etib belgilangan edi, amalda 1 651 176 kVt∙soat ga bajarildi. 1 385227 kVt∙soat elektr energiyasi iqtisod qilindi. 2025-yil ko‘rsatkichi 2026-yil yanvar oyidagi hisobotda aks etadi.

2025-yil texnologik sarfi 12 oylik rejasi 259 457 320 kVt∙soat bo‘lib, shundan yanvar-noyabr oylari uchun reja 224 555 800 kVt∙soat etib belgilangan edi, amalda 188 423 688 kVt∙soatga bajarildi. 39132112 kVt∙soat elektr energiyasi iqtisod qilindi. 2025-yil ko‘rsatkichi 2026-yil yanvar oyidagi hisobotda aks etadi.

Maxsus texnikalar soni 16 ta: Avtokran – 2 ta, avtogidropodemnik – 2 ta, televishka – 1 ta, laboratoriya – 3 ta, avtotsisterna – 2 ta, navbatchi brigada mashinalari – 4 ta, yuk mashina – 2 ta .

Avariyali holatlarni bartaraf etish bo‘yicha 4 ta guruhlar tashkil etilgan. Shundan:

· Farg‘ona zonasi guruhlari 2 ta: podstansiyalar bo‘yicha 1 ta, elektr uzatish havo tarmoqlari bo‘yicha 1 ta.

· Qo‘qon zonasi guruhlari 2 ta: podstansiyalar bo‘yicha 1 ta, elektr uzatish havo tarmoqlari bo‘yicha 1 ta.

Avariyani zaxirasi uchun filial omborxonalari va podstansiyalarida 35–110–220 kV kuchlanishli 4 ta o‘chirgich, 125 MVA quvvatli 2 ta avtotransformator, transformator moyi 24 tonna, 110–220 kV kuchlanishli havo elektr tarmog‘i uchun 4 ta tyanch, ASO-300 va ASO-500 rusumli 4 tonna sim, chaqmoqqa qarshi tross 1,5 tonna, sim uchun ulovchi qurilmalar 70 dona, dizel yoqilg‘isi 800 litr, benzin yoqilg‘isi 400 litr elektr qurilmalar va materiallar saqlanmoqda.

“Farg‘ona MET” filiali maʼmuriy binosida 40 kVt quvvatli va ishlab chiqarish taʼmirlash bazasida (garaj) 100 kVt quvvatli quyosh panellari va 13 nafar xodimlarining xonadonlarida 75 kVt quvvatga ega quyosh panellari o‘rnatilgan.

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali tomonidan Andijon viloyati isteʼmolchilarining ishonchli elektr energiya taʼminoti uchun barcha kuch va resurslar safarbar etilgan.

 

Sherzod Kamilov, «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali direktori

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati