2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
RASMIY MUNOSABAT: Baliqchilik ko‘li tashkil etmoqchi bo‘lgan fermerga temir-beton tayanch ustunining "muhofaza maydoni" yuzasidan tushuntirish berildi
  • 02.04.2026
  • 14

Rasmiy munosabat

Facebook.com ijtimoiy tarmog‘ida “TO‘RAQO‘RG‘ONDA YANGI IXTIRO” sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan atroflicha o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani “Obod” MFY hududida joylashgan fermer xo‘jaligi yer maydonidan o‘tuvchi 110 kV kuchlanishli “L-S-P” elektr uzatish tarmog‘idan shahobchalanuvchi (отпайка)  “L-Jomashuy-110 kV” havo liniyasining 38-sonli oraliq temir-beton tayanchi atrofida baliqchilik ko‘li tashkil etmoqchi bo‘lib, ish jarayonida temir-beton tayanchning muhofaza hududiga zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan fermer xo‘jaligi rahbariga elektr uzatish havo tarmoqlari muhofaza hududida o‘zboshimchalik bilan har qanday ishlarni amalga oshirish qat’iyan taqiqlanishi, bunday harakatlar uchun amaldagi qonunchilikda javobgarlik belgilanganligi yuzasidan tushuntirish berildi hamda rasmiy ogohlantirish xati topshirildi.

Shu o‘rinda yana bir bor eslatib o‘tamizki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1050-son  — “Elektr tarmoqlari xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” qaroriga muvofiq, muhofaza zonalarida elektr tarmoqlari obyektlarining xavfsiz ishlashiga putur yetkazuvchi, ekologik zarar yoki yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday harakatlarni sodir etish taqiqlanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1050-son qarori 4-xatboshining 56-bandida: «Mazkur Qoidalar talablarini buzgan shaxslar javobgarlikka tortiladilar va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda zararni qoplaydilar», deb ogohlantirilgan.

Hurmatli fuqarolar va xo‘jalik yurituvchi subyektlar!
Elektr tarmoqlari muhofaza hududlarida belgilangan qoidalarga qat’iy rioya qilishingizni so‘raymiz. Bu — nafaqat qonun talabi, balki inson hayoti va mulk xavfsizligini ta’minlashning muhim omilidir. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali kanaliga obuna bo‘ling! 

https://t.me/NamanganMET_Axborot