2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SAMARQAND VILOYATI: Magistral elektr uzatish tarmoqlarida profilaktik ishlar olib borildi
  • 22.04.2026
  • 8

«Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari tomonidan 220 kV kuchlanishli L–Ch–S-1 havo elektr uzatish tarmog‘ining 138-sonli tayanch ustunida texnik tadbirlar amalga oshirildi.

⚙️ Xususan, A, B va C fazalarda qushlarning qo’nishiga qarshi to‘siqlar (PPZ) hamda himoya zontlari o‘rnatilmoqda. Mazkur qurilmalar elektr uzatish liniyasini tashqi ta’sirlardan himoya qilishga xizmat qiladi.

Ushbu profilaktik choralar orqali qisqa tutashuvlar va avariyaviy holatlarning oldi olinib, tarmoqning barqaror va ishonchli ishlashi ta’minlanadi.

⚡️ Barcha ishlar mutaxassislar tomonidan belgilangan tartib asosida hamda xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshirildi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI 

https://t.me/SamarqandMET_Axborot