Yangiliklar
“O‘zbekiston MET” AJ tomonidan 2021-yilning I-choragida amalga oshirilgan investitsion loyihalar hamda qurilish-montaj va modernizatsiya-rekonstruksiya dasturlari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar xususida ma'lumot
  • 08.04.2021
  • 475

  “O‘zbekiston MET” AJ tomonidan 2021-yilning I-choragida amalga oshirilgan investitsion loyihalar hamda qurilish-montaj va modernizatsiya-rekonstruksiya dasturlari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar xususida ma'lumot

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2021–2023-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4937-sonli qaroriga muvofiq energetika tizimidagi ob'ektlarni modernizatsiya qilish va yangi kurilayotgan investitsion loyihalarni amalga oshirish ishlari davom ettirilmoqda.

  Ushbu Investitsiya dasturiga muvofiq 2021-yilda umumiy  loyiha qiymati 603,1 mln. AQSh dollari bo‘lgan 10-ta yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish mo‘ljallangan bo‘lib, barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 124,0 mln AQSh dollari (1 351,6 mlrd. so‘m) mablag‘ o‘zlashtirish rejalashtirilgan. Shu jumladan: soha mablag‘lari hisobidan — 16,59 mln. AQSh dollari (180,9 mlrd. so‘m); davlat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar – 107,4 mln. AQSh dollari (1 170,7 mlrd. so‘m).

  2021-yil I-choragi bo‘yicha investitsiya loyihalari hamda qo‘shimcha loyihalar doirasida moliyalashtirishning barcha manbalari hisobidan 14,1 mln.doll. mablag‘ o‘zlashtirildi, rejaga nisbatan 135,89%ga bajarildi. Shu jumladan:

⇒  “500 kVli “Surxon–Puli-Xumri” (Xo‘ja Alvon) elektr uzatish tarmog‘ini qurish (O‘zbekiston hududida)” loyihasi doirasida “Surxon” podstansiyasidagi OTQni kengaytirish” loyihasi;

⇒  “Pop–Namangan–Andijon elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyasining tashqi ob'ektlarini elektr ta'minoti bilan ta'minlashda tayanch nimstansiyasini qurish” loyihasi;

⇒  O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan 500 kVli “G‘uzor–Regar” (L-507) yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ini tiklash” loyihasi;

⇒  “Nurobod qo‘rg‘onida quyosh fotoelektrostansiyasining tashqi ob'ektlarini qurish” (220 kV kirish-chiqish havo elektr tarmog‘i, kirish yo‘li, to‘siq va boshqalar) loyihasi;

⇒  “Jizzax viloyati Zafarobod tumanida joylashgan 110/10 kV “DNS-2” nimstansiyasini 220/110/10 kV o‘tkazish” loyihasi;

⇒  “Magistral elektr tarmoq nimstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” loyihasi;

⇒  “Janubiy-g‘arbiy magistral elektr tarmoqlarining eski jihozlarni almashtirish va modernizatsiyalashtirish” loyihasi;

⇒  “Navoiy IES”AJ va “Ximiya” podstansiyasi oralig‘ida 220 kVli havo tarmog‘ini qurish” loyihasi;

⇒  “220 kVli “Amir Temur” nimstansiyasini “G‘uzor” nimstansiyadan 220 kV li havo liniyasi bilan qurish” loyihasi.

✍️ «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Kapital qurilish, loyiha va smeta ekspertiza boshqarmasi

Veb-sahifaTelegramFacebook ‖  InstagramTwitter


✍️  «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 

>