

“Chess Board Open Championship of “Uzbekhydroenergo” JSC” ochiq chempionati o‘ta murosasiz va qizg‘in davom etmoqda.
Mazkur nufuzli musobaqada Aksiyadorlil jamiyatining Markaziy apparati yosh xodimlari faol ishtirok etib, shaxmat taxtasida o‘zlarining yuksak mahoratlarini namoyish etishmoqda. Quvonarlisi, hamkasblarimizdan biri Azimjonov Asadbek Sarvar o‘g‘li ushbu chempionatda sharaf bilan qatnashib, Jamiyatimiz nomini munosib himoya qilmoqda.
Ayni daqiqalarda musobaqaning eng hal qiluvchi va hayajonli final bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Shaxmat taxtasi uzra eng zukko xodimlar o‘zlarining strategik qarorlari hamda mantiqiy fikrlashlarini oxirigacha namoyish etishmoqda.
Musobaqa ishtirokchilari, xususan, Jamiyatimiz nomini himoya qilayotgan Asadbekka va barcha finalchilarga ulkan omad, matonat ҳамда yorqin g‘alabalar tilaymiz!
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati