Yangiliklar
«Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filialida mini futbol, voleybol va basketbol sport maydonlari qurilmoqda
  • 19.04.2021
  • 722

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi «Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF–6099-sonli Farmonining ijrosini ta'minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida

 

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni hamda «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruvi raisining tegishli buyruqlari ijrosini ta'minlash maqsadida 2020-yilning dekabr oyidan «Farg‘ona MET» filialida mini futbol, voleybol va basketbol sport o‘yingohlari hamda stol tennisi va shaxmat-shashka uchun sport xonalari qurilishi boshlangan edi. Qurilish ishlari filialning Avtotransport va mexanizatsiya guruhi hududidagi 1200 metr/kvadrat bo‘sh yer maydonida amalga oshirilmoqda.

  Shuni alohida ta'kidlash lozimki, sport tadbirlarini munosib o‘tkazish uchun hozirlanayotgan shart-sharoitlarga farg‘onalik energetik mutaxassislarning barchasi xayrixoh. Misol uchun, mini futbol maydoni qurilishiga Avtotransport va mexanizatsiya guruhi xodimlari, shuningdek, filialning asosiy ish vazifasidan holi bo‘lgan ko‘ngilli xodimlar, ayniqsa yoshlar ko‘mak berishmoqda. Mini futbol o‘yingohiga tabiiy chim qoplamasi filial xodimlari yordami bilan yotqizildi.

 

  Hozirgi vaqtda maydon uchun suv quvurlari o‘tkazilib, futbol va voleybol maydonlariga ishlov berilmoqda. Filial kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti bilan kelishgan holda sport anjomlari ham xarid qilindi.

 

  Filialdagi sport maydonlarining qurilishi joriy yil may oyining o‘rtalarigacha yakunlanishi rejalashtirilgan. Qurilish ishlari yakunlangach, mini futbol, basketbol, voleybol, stol tennisi va shaxmat-shashka bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazish rejalashtirilgan. Hozircha bunday sport o‘yinlari filial tasarrufidagi podstansiyalarning dam olish xonalarida yoki boshqa sport maydonlarida o‘tkazilib kelinmoqda.

  Q.Mirzaev, «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi

 
E'tiboringizga «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali tomonidan Farg‘ona viloyati magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuchlanishli podstansiyalarda amalga oshirilayotgan ishlar xususidagi xabarlarni havola etamiz:

 

  FARG‘ONA VILOYATIDAGI “O‘ZGARISH” PODSTANSIYASIDA YUQORI QUVVATLI AVTOTRANSFORMATORNI O‘RNATISH ISHLARI YAKUNLANDI

  http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/936

 

  Tojikiston hududidan o‘tgan 500 kVli L-503-sonli elektr uzatish havo tarmog‘idagi nosozlik bartaraf etildi. Ushbu nosozlik “halqa” tizimi tufayli ishlab chiqarilayotgan elektr quvvatini uzatish jarayoniga ta'sir etmadi

http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/849

  uzbekistonmet.uz: No comment… “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filiali tarkibidagi 220 kVli “Pavulg‘on” podstansiyasining Rele himoyasi va avtomatikasi xizmati mutaxassislari yuqori kuchlanishli elektr qurilma hamda jihozlarida profilaktika ishlarini olib borishmoqda…

  http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/800

uzbekistonmet.uz: No comment… “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati “Farg‘ona magistral yelektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari 500 kVli elektr tarmog‘idagi nosozliklarni bartaraf etishmoqda…

http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/799

 

  MUROJAATNING MAZMUNI: «Yuqori kuchlanishli liniya ostidagi yer maydonida dehqonchilik qilmoqchiman»

  http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/726

  Filialimiz ishchi-xodimlari “Yilning eng yaxshi...” 5 ta nominatsiyasi bo‘yicha e'tirofga sazovor bo‘lishdi!

   http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/680

  «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati: MINI FUTBOL BO‘YICHA MUSOBAQA G‘OLIBLARI ANIQLANDI

   http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/615

  FARG‘ONALIK ENERGETIKLAR O‘ZBEK TILI BAYRAMINI NISHONLASHMOQDA

   http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/547

 

  FARG‘ONA VODIYSI ISTE'MOLCHILARINI ELEKTR ENERGIYASI BILAN TA'MINLASH IMKONIYATI QO‘SHIMCHA 250 MVA QUVVATGA OSHIRILDI

http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/542

  KABEL KANALLARINING BETON QOPQOQLARI — TEMIR-BETON MAHSULOTLARINI TAYYORLASH JARAYONI

http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/432

 

  ELEKTR TA'MINOTI TIZIMINING BARQAROR FAOLIYATI — TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH BO‘YIChA OLIB BORILAYOTGAN ISLOHOTLARNING TAYANCHI HISOBLANADI

  http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/397

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>