
Sirdaryo viloyati Xovos tumani
►AVVALGI HOLATI

Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida 110/35/10 kV kuchlanishni "Paxtakor" podstansiyasida joriy ta‘mirlash ishlari amalga oshirildi. Ushbu ishlar podstansiyaning ishonchli va xavfsiz faoliyatini ta’minlash hamda uning estetik holatini zamon talablariga moslashtirishga qaratildi.
✅ Ta’mirdan oldin quvvati 16 000 kVA bo‘lgan T-1 transformator korpusida korroziya alomatlari mavjud bo‘lgan, bo‘yoq qoplamasi eskirgan, metall qismlarining estetik holati buzilgan, kabel kanallari tartibsiz holatda bo‘lganini ko‘rish mumkin edi.
Bugungi kunda "Paxtakor" podstansiyasi yangicha qiyofa kasb etib, texnik va estetik jihatdan ancha yaxshilandi. Bu esa, nafaqat elektr ta’minotining barqarorligini ta’minlaydi, balki hududda energiya infratuzilmasining samaradorligini ham oshiradi.
►ISH JARAYONI:

⚙️ Mutaxassislarimiz ta’mirlash jarayonida transformatorning texnik holatini to‘liq o‘rganib, bir qator muhim ishlarni amalga oshirdilar:
♦ Transformator moyi darajasi, sathi va dielektrik mustahkamligi tekshirildi;
♦ Izolyatorlar tozalanib, sirtidagi chang va iflosliklardan tozalandi;
♦ Kirish-chiqish shinalari va kontakt birikmalarining mustahkamligi qayta ko‘rib chiqildi;
♦ Transformator korpusi to‘liq mexanik ishlovdan o‘tkazilib, korroziyaga qarshi maxsus bo‘yoq bilan bo‘yaldi;
♦ Shamollatish tizimi, sovitish radiatori va o‘lchov asboblari ko‘rikdan o‘tkazilib, nosoz qismlar almashtirildi;
♦ Qopqoqlar, yong‘in xavfsizligi elementlari va himoya qurilmalari qayta sozlab chiqildi.
Yuqoridagi suratlarda ish jarayonidan lavhalar keltirilgan.
►HOZIRGI HOLATI:

Ta’mir ishlari yakunlangach, “Paxtakor” podstansiyasidagi T-1 transformatori to‘liq soz holatga keltirildi. Transformator yangicha qiyofa kasb etdi. Yangi bo‘yoq qatlami nafaqat korroziyaga qarshi himoya beradi, balki ob-havo ta’sirlariga chidamliligini ham sezilarli darajada oshirdi. Endilikda u nafaqat texnik, balki estetik jihatdan ham tartibga keltirilib, ishonchli va zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘ldi.
⇒ Eslatib o’tamiz, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatidan (2025-yil 1-iyundan boshlab) 35–110 kV kuchlanishli 1 492 ta podstansiya hamda 24 385.7 km uzunlikdagi elektr uzatish liniyalari «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati balansiga o‘tkazilgan edi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️"SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI
kanaliga obuna bo‘ling!