Kelib tushgan murojaatlar
MUROJAAT MAZMUNI: «Masdar» kompaniyasi bilan hamkorlik bo`yicha

Xayrli kun! «Masdar» kompaniyasi bilan hamkorlikda quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurishni rejalashtirilayotgani haqida yangiliklar saytlarida o‘qidik....

  • 19.06.2020
  • 877
MUROJAAT MAZMUNI: «SURXONDARYO, DENOV... BIZNING MAHALLAMIZDA ELEKTR TOKI UMUMAN YO‘Q!»

MUROJAAT MAZMUNI: Men Surxondaryo viloyati, Denov tumani, Yangiobod MFY, Yangiariq mahallasidan fuqaro Azamat Ostonqulov bo‘laman. Mana, o‘n kundirki, bizning mahallamizda elektr toki umuman yo‘q! 2 yoki 3 kunda bir marotaba, 1 soatga elektr toki berilmoqda.

  • 04.02.2020
  • 3638
MUROJAAT MAZMUNI: «NEGA AYNAN NONUSHTA VA KECHKI OVQAT PAYTI CHIROQ O‘CHADI?»

Men Oxun Alilov, Toshloq tumani, Yakavut MFY, Beruniy ko‘chasi, 182-uyda yashayman. Bir haftadan buyon elektr energiyasi bir necha soatlab o‘chirib qo‘yilmoqda. Eng achinarlisi, ertalab soat 6 dan 8 gacha (nonushta payti) va kechki 18 dan keyin (kechki ovqat paytida) bir necha soatlab...

  • 24.01.2020
  • 1109
MUROJAAT MAZMUNI: «ELEKTR TARMOQLARI ISHCHILARINI JAZOLASHINGIZNI ISTAYMAN!»

Men Primov Nurali Shuhratovich, Navoiy shahar Uchquduq ko‘chasi 4/3 uyda yashayman. Mutaxassislar uyimizga kelib, qo‘shnilarning elektr hisoblash moslamasini bizniki birga ulab ketishgan...

  • 21.01.2020
  • 2107
MUROJAAT MAZMUNI: «O‘rnatilgan «aqlli hisoblagich»ni qanday tekshirtirsam bo‘ladi?»

MUROJAAT MAZMUNI: Assalomu alaykum! Men Nukusdan Berdiyev Maxsut bo‘laman. Bizning uyga 2019-yil 19-sentabr kuni «aqlli hisoblagich» o‘rnatishdi. O‘rnatilganidan so‘ng 2020-yil 12-yanvargacha 1600 kVt•soat elektr ishlatibmiz. Hisoblasam, oyiga o‘rtacha 400 kVt•soatga to‘g‘ri kelayapti. Bitta xonadonga 400 kVt•soat degani bu juda ko‘p emasmi?! Shu «aqlli hisoblagich»ni qanday tekshirtirsam bo‘ladi? To‘g‘ri hisoblayaptimi o‘zi?

  • 16.01.2020
  • 1403
MUROJAAT MAZMUNI: «BIR FALOKAT BO‘LMASA EDI DEB QO‘RQAMAN...» M. R. Atabaeyva

Men, Atabaeyva Mastura Razmonberdiyevna, Andijon viloyati, Qo‘rg‘ontepa tumani, «Iftixor» MFY, Sarlochin ko‘chasi, 9-uyda yashayman. 2019-yil 18-noyabr kuni Qo‘rg‘ontepa tuman elektr tarmoqlari korxonasiga ariza bilan chiqdim. Arizamda uyimiz (hovlimizning) o‘rtasidan past (o‘rta bo‘yli kishi sakrasa qo‘li yetadigan) holatda 4 ta elektr kabellar mahallaga o‘tgan (u kabellardan nechta odam foydalanadi — bizga qorong‘u). Shu kabellarni hovlimiz tashqarisidan o‘tkazib berishni so‘rab murojaat qilganman.

  • 09.01.2020
  • 876
Ilg'or MFYda elektr energiyasini o'chirib yoqib, "svetofor" va "svetomuzika" qilib o'ynashmoqda

Assalomu alaykum! Sizlarga iltimosnoma bilan murojaat qilishimizning sababi, Andijon viloyati Baliqchi tumani, Ilg‘or MFYda elektr energiyasini o‘chirib yoqib, «svetofor» va «svetomuzika» qilib o‘ynashmoqda. Qo‘shni Norin tumani Haqqulobod shaharchasida umuman «svet» o‘chmaydi. Nima, biz odam emasmizmi yoki shaharni o‘chirmay qishloqdagilarni xohlagan paytda elektr ta'minotidan uzib qo‘yaveradimi Andijon viloyati «elektroseti» rahbarlari?

  • 18.11.2019
  • 1159
FUQARO MUROJAATI: ANDIJON VILOYATI, OLTINKO‘L TUMANI, DALVARZIN MAHALLASIDANMAN…

...Andijon viloyati, Oltinko‘l tumani, Dalvarzin mahallasidan Tohir Burundukov ismli fuqaroman. Elektr ta’minotida ma’lum cheklovlar bo‘layotganini tushundik, tushunolmaganimiz hududimizdagi o‘chishlarda «adolatsizlik» bo‘lmoqda, hokim va uning o‘rinbosarlari yashaydigan hudud hamda namunali uylar tushgan hududda cheklovlar nisbatan kam, bizning mahallada esa soatlab ta’minotda uzilish bo‘ladi. Biz iste’molchi sifatida pulini to‘layotganimizdan so‘ng elektr ta’minoti shartnomada ko‘rsatilganidek uzluksiz va sifatli bo‘lishi lozim. Tuman hududiy elektr tarmoqlari «Buni «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ dispetcherlik xizmatidan o‘chirayapti, bizga bog‘liqmas», degan javob qilishmoqda...

  • 13.11.2019
  • 3075
>