Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: “Bu kabi 12 soatdan ziyod tarmoq uzilishi haddan tashqari ko‘p qiyinchiliklar tug‘dirmoqda”

Murojaat mazmuni: Men fuqaro Mehmonova Gulnoza Miravlodovna Toshkent viloyati Parkent tumani Nomdanak qishlog‘ida istiqomat qilaman. Mana, ikki haftadan ziyodroq vaqtdan beri har kuni soat 17:00lar atrofidan elektr tarmog‘i o‘chirilib qo‘yiladi, to ertasi kuni soat 10:00largacha o‘chadi. Har kuni. Bu kabi uzoq muddatli tarmoqdagi uzilishlar sabab aholi yashash sharoitlari keskin yomonlashib, turmush darajamiz og‘irlashuviga olib kelmoqda. Qishlog‘imizda qariyalar, yosh bolalar, bemorlar va maktab o‘quvchilari ko‘p. Kimnidir sog‘lig‘i og‘irlashganda yoki kimgadir nimadir zarur bo‘lganda ilojsiz ahvolda qolayapmiz.

  • 06.12.2021
  • 450
Murojaat mazmuni: «Iltimos, menga yordam bering, uyimda hech kim yashamasa ham elektr hisoblagich pul yechib olmoqda!»

Murojaat egasi: Salimjon Butayev Murojaatchining manzili: Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, butaev1938@mail.ru

  • 26.08.2021
  • 382
Murojaat: «Men 3 yildan buyon xalqimizga xizmat qilib kelayotgan yosh tadbirkorman, talabaman, oila boquvchisi ham menman... Do‘konimga yerostidan elektr kabeli torttirish kimning vazifasiga kiradi?»

Murojaat egasi: Mahkamov Jahongir Qahramon o‘g‘li Murojaatchining manzili: Toshkent shahri, Mirobod tumani, jaxongirmaxkamov@outlook.com

  • 25.08.2021
  • 355
Murojaat: «Mening xonadonim elektr tarmoqlaridan hech qanday o‘g‘riliklarsiz foydalanadi!»

Murojaat egasi: Abdullayev Miraziz Akbar o‘g‘li Murojaatchining manzili: Toshkent shahri, abarovich212@gmail.uz Murojaat mazmuni: «Assalomu alaykum! Men Toshkent shahar Shayxontohur tumani, Zangiota 1-tor ko‘chasi, 11- uyda istiqomat qilaman. Mening xonadonimga o‘rnatilgan yangicha hisoblagichda «qizil» chiroq yonib turibdi. Yaqinlarimdan surishtirib bilmasam, bu o‘g‘rilik bo‘lgab holatlarda yonar ekan va tarif bo‘yicha «ikki barobar ko‘proq» hisoblar ekan. Mening xonadonimda elektr tarmoqlaridan hech qanday o‘g‘riliklarsiz foydalaniladi. Yuqoridagilarni inobatga olib, sizdan mana shu yuzaga kelgan holatni bartaraf etishda amaliy yordam berishingizni so‘rayman.»

  • 23.08.2021
  • 579
«Uy-joyga shartnoma olishda amaliy yordam so‘rayman...»

Murojaat egasi: Abdukarimova Ra’no Yusupovna Murojaatchining manzili: Sirdaryo viloyati Murojaat mazmuni: «...Uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratilgan. Uy-joyga shartnoma olishda amaliy yordam so‘rayman. Ikki nafar farzandning yolg‘iz boquvchisiman...»

  • 20.08.2021
  • 432
uzbekistonmet.uz veb-saytining «Murojaatlar» ruknidan: «...Uyda svet yo‘q. Kun buyi o‘chmoqda… Nega? Ustalarimiz bor uyda... Ularning ishi to‘xtab qoldi-ku!»

Murojaatchining nomi: Zokirjon Otajonov Murojaatchining nomi: Anvar Yusufovich Ravshanov Murojaatchining nomi: Zamira Abdullayeva

  • 27.07.2021
  • 465
uzbekistonmet.uz veb-saytining «Murojaatlar» rukniga yuborilgan murojaatlar turdosh tashkilotlarning matbuot xizmatlariga yo‘naltirildi

Murojaatchining nomi: Sultonov Safarmurod Chorievich Murojaatchining manzili: Toshkent shahri, Taxtapul, 2-uy.

  • 14.07.2021
  • 586
MUROJAATNING MAZMUNI: «Yuqori kuchlanishli liniya ostidagi yer maydonida dehqonchilik qilmoqchiman»

MUROJAATNING MAZMUNI: «Assalomu alaykum! Farg‘onadan Rasulov Farhod ismli fuqaroman. Sizlarga bir murojaatim bor edi... Men yuqori kuchlanishli liniya ostidagi yerda dehqonchilik qilmoqchiman, hokimiyat ruxsat bermadi, ruxsat bo‘lmasa nega boshqalar daraxt ekayapti...?"

  • 08.02.2021
  • 713
MUROJAATNING MAZMUNI: Xoliq Boboyorovich, xayrli kun!

Xoliq Boboyorovich, xayrli kun! Siz 2021-yil 16–17-fevral kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi hamda «O‘zbekgidroenergo» AJning bevosita ko‘magi bilan bo‘lib o‘tadigan «Markaziy Osiyo gidroenergetikasi va Kaspiy-2021» yillik xalqaro kongressi va ko‘rgazmasida ishtirok etish uchun «Vostok kapital» MChJdan ro‘yxatdan o‘tgansiz.

  • 03.02.2021
  • 635
uzbekistonmet.uz veb-sayti: MUROJAAT QILGAN EDINGIZ ...

Ma'lumki, "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyatining rasmiy veb-saytida "Murojaatlar" rukni tashkil etilgan bo'lib, ularga axborot xizmati tomonidan tezkor javoblar berib borilmoqda.

  • 07.01.2021
  • 627
RASMIY MUNOSABAT: ELEKTR JIHOZLARINI TEXNIK-MUHANDISLIK TALABLARIGA MOS RAVISHDA EKSPLUATATSIYA QILISH MUHIM

2020-yil 30-iyul kuni diyor24.uz veb-satida «Boysun tumani hokimligi rasmiy munosabat bildirdi, ammo ayrim savollar javobsiz qolmoqda» nomli maqola e'lon qilindi.

  • 03.08.2020
  • 940
>