Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Murojaatim elektr ta’minoti korxonasi tomonidan ijobiy hal etildi. Men mas’ul xodimlarga o‘z minnatdorligimni bildiraman!»

Murojaat egasi: Gandjayev Atabek Karimovich, Xorazm viloyati (“Karimboy Otabek servis” oilaviy korxonasi nomidan)

  • 06.01.2023
  • 213
Murojaatchi: «Elektr korxonasidan qazish bo‘yicha hech kim maslahat so‘ramagan, quruvchiga elektr korxonasi tomonidan uzilgan kabel liniyasi ko‘rsatilmagan — muammoga yechim bormi?!»

Murojaat egasi: Gandjaev Atabek Karimovich, Xorazm viloyati (“Karimboy Otabek servis” oilaviy korxonasi nomidan)

  • 28.12.2022
  • 206
Murojaatchi: «Grafikdan ham chiqib ketyapti-ku “svet” o‘chishi! Sutkasiga 12–13 soat o‘chmoqda!»

Murojaat egasi: Atoyev Suhrob, Buxoro viloyati Murojaat mazmuni: Assalom alaykum! Grafikdan ham chiqib ketyapti-ku “svet” o‘chishi! Sutkasiga 12–13 soat o‘chmoqda! Buxoro viloyati, Vobkent tumani, Shohnigor mahallasida...

  • 26.12.2022
  • 279
Murojaatchi: «Elektr korxonasi aybdormi yoki bozor ma'muriyati — muammoga yechim bormi?!»

Bozor hududida noqonuniy ulanishlar ko‘p. Bu haqda ariza bilan, fotosuratlar bilan bozor ma'muriyatiga, Hazorasp elektr korxonasiga, telegramdagi @HET_adminga juda ko‘p murojaat qildik. Hazorasp elektr korxonasi rahbari Zafarbek vaziyatni bilaturib, “...Bu muammolar Hazorasp elektr korxonasi muammosi emas, men faqat elektrni beraman, u yog‘i bilan ishim yo‘q”, deyapdi. “Axir davlat resurslari o‘g‘irlanyapti, oqibati mana yomon bo‘lyapti”, desam qo‘pol munosabat qilib telefonni qo‘yib qo‘ymoqda. Bozor ma'muriyatiga chiqsak, elektr korxonadi “tok”ni bermayapti, deydi. Elektr energiya telegram ishonch raqami @HET_adminga chiqsak, bozorning qarzi bor, deydi.

  • 23.12.2022
  • 337
Murojaatchi: «Elektr ta’minotidagi uzilishlar va navbatchi dispetcherlar telefon go‘shagini olmayotganidan noroziman...»

Murojaat egasi: Xomidov Zununbek, Farg‘ona viloyati Murojaat mazmuni: Yashash xonadonimizda elektr ta'minotida judayam ko‘p uzilishlar bo‘layotgani va Marg‘ilon shahar elektr tarmoqlari korxonasi navbatchi dispetcherlari telefon go‘shagini olmayotganidan noroziman.

  • 16.12.2022
  • 185
Murojaatchi: «Bizga amaliy yordam berishingizni hohlaymiz hamda ogohlantirishlarsiz elektr energiyasini o‘chirmasligingizni so‘raymiz...»

Murojaat egasi: Bobomurodov Husniddin Faxriddin o‘g‘li, Qashqadaryo viloyati Murojaat mazmuni: Biz ishchi guruh bilan korxonalar faoliyatini o‘rganganimizda, tadbirkor tomonidan elektr tokini ogohlantirishlarsiz o‘chirayotganining sababi eshitildi va biz sizning tashkilotingizga chiqishga majbur bo‘ldik.

  • 16.12.2022
  • 174
Murojaatchi: “«Povulg‘on» podstansiyalarida bo‘sh ish o‘rni bormi? “Dejur” bo‘lsa, yanada yaxshi...”

Murojaat egasi: Shuhrat Boqiyev, Farg‘ona viloyati Murojaat mazmuni: Energetika sohasida 5 yillik stajim bor. Ma’lumotim oliy. «Povulg‘on» podstansiyalarida bo‘sh ish o‘rni bormi?

  • 14.12.2022
  • 192
Murojaatchi: «6-Kamalak ko‘cha hududidagi qarovsiz TPni ta’mirlab, qo‘shimcha — yangi TP o‘rnatilishida amaliy yordam berishingizni so‘raymiz...»

Murojaat egasi: Xo‘jamberdiyev Erkin To‘xtaboyevich, Namangan viloyati Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum, hurmatli rahbariyat!

  • 13.12.2022
  • 175
Murojaatchi: «Zangiota elektr tarmoqlari korxonasiga murojaatim — uyda qariyalar bor, elektr energiyani o‘chirmang! Iltimos, yordam so‘rayman.»

Murojaat egasi: Xudaybergenov Abdug‘ani, Toshkent viloyati Murojaat mazmuni: Men Toshkent viloyati, Zangiota tumani, “Nayman” MFYda istiqomat qilaman.

  • 12.12.2022
  • 981
Murojaatchi: «Bizda oqma gaz yo‘q, elektrdan tejamkor foydalanamiz. Aksariyat aholi kechalari zim-ziyo qilib, chiroqni o‘chirib qo‘yishadi...»

Murojaat egasi: Yusupov Zayniddin Soatovich, Qashqadaryo viloyati Murojaat mazmuni: Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumani, “Daryo” MFY, Guldara qishlog‘idan yozayapmiz!

  • 12.12.2022
  • 174
Murojaatchi: «Tumanga, respublikaga qo‘ng‘iroq qilib tushishning iloji yo‘q! Odam boshini qaysi devorga urishiniyam bilmaydi...»

Murojaat egasi: Ahmedov Jasurbek Anvarjonovich, Namangan viloyati Murojaat mazmuni: Namangan viloyati, Namangan tumani, Beshkapa MFYda turaman. Bizdagi “svet” o‘chishlari qachongacha davom etadi?!

  • 12.12.2022
  • 169
Murojaatchi: «Issiqda uyida, gaz va “svet”da o‘tiradigan javobgar shaxslar — ming la'nat sizlarga!»

Murojaat egasi: Samadov Shohrux, Qashqadaryo viloyati Murojaat mazmuni: Men Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani, Mevazor 1-ko‘chasida yashayman. 6-dekabr kuni kechga soat 22:00 boshlab 11 soat “svet” bo‘madi. 7-dekabr kuni soat 18:00 dan keyin 6 soat “svet” berishmadi.

  • 09.12.2022
  • 179
Murojaatchi: «Bizda juda ko‘p “svet” o‘chyapti. Bu muammoni hal qila olasizlarmi?»

Murojaat egasi: Hakimov Xurshidbek, Farg‘ona viloyati Murojaat mazmuni: Farg‘ona viloyati, Quva tumani, Ittifoq qishloq fuqarolari yig‘inidanman. Bizda juda ko‘p “svet” o‘chyapti.

  • 09.12.2022
  • 207
Murojaatchi: “Men Qo‘ldoshev Azimjon Toshkent davlat texnika universitetini tamomlaganman. Bo‘sh ish o‘rinlariga...”

Murojaat mazmuni: Men Qo‘ldoshev Azimjon Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Elektronika va avtomatika fakultetining Yorug‘lik texnikasi muhandisi yo‘nalishini tamomlaganman. Bo‘sh ish o‘rinlariga nomzod sifatida o‘zimni tavsiya etaman. Yashash manzilim: Andijon viloyati, Andijon tumani.

  • 07.12.2022
  • 185
Murojaatchi: “Markaziy rele xizmati muhandisiman...”

Murojaat egasi: Hasanova Nafisa Saidolimovna, Toshkent shahar Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro, Nafisa Saidolimovna! Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi.

  • 07.12.2022
  • 243
>