Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: “Ishga kirmoqchi edim!”

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro, Alisher Saodatov! Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi.

  • 18.10.2022
  • 225
Murojaatchi: “4-bosqich talabasiman. Men sizlarda 0.5 stavka ishlab, o‘qishni bitirganimdan keyin to‘liq stavkada ishlamoqchiman!”

Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum! Men Toshkent davlat texnika universiteti elektr energetika fakulteti 4-bosqich talabasiman. Men tush vaqtigacha, ya'ni soat 12:00 gacha sizning kompaniyangizga ishga kirmoqchi edim. Ishga joylashish uchun siz bilan suhbat qilib ko‘rsam degan edim. Nasib qilsa, sizda 0.5 stavka ishlab, sizga kadr bo‘lib, o‘qishni bitirib, sizning kompaniyangizga to‘liq holda ishga joylashmoqchiman.

  • 12.10.2022
  • 207
Murojaatchi: «O‘z hisobimdan sotib olgan hisoblagichni ro‘yxatga qo‘yish muammo bo‘lmoqda...»

Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum. Men hisoblagich o‘z hisobimdan olganman xonadonimga. Shuni ro‘yxatga kiritish muammo bo‘lmoqda. Shuning tartibi haqida batafsil ma'lumot bersangiz.

  • 15.09.2022
  • 212
Murojaatchi: “Energetika (tarmoqlar bo‘yicha) yo‘nalishini tugatdim. Ish qidirmoqdaman hozirda. Maqsadim — ishlash!”

Murojaat mazmuni: Men Samatov Isroil Ibrogim o‘g‘li 2022-yil Buxoro muhandislik texnologiya institutini Energetika (tarmoqlar bo‘yicha) yo‘nalishini tugatdim. Ish qidirmoqdaman hozirda. Maqsadim — ishlash.

  • 29.08.2022
  • 576
Murojaatchi: “Men Sheribov Alijon. Maqsadim — ishlash. Ma'lumotim — oliy. Bitirgan yo‘nalishim — elektr ...”

Murojaat mazmuni: Men Sheribov Alijon. Maqsadim — ishlash. Ma'lumotim — oliy. Bitirgan yo‘nalishim — elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (tarmoqlar bo‘yicha).

  • 25.08.2022
  • 313
Murojaatchi: «Men oilam bilan ijarada yashayman. Uy-joyga muhtojman...»

Murojaat mazmuni: «Salom aleykum! Men oilam bilan ijarada yashayman. Oilalarga uy-joyga muhtojman...»

  • 18.08.2022
  • 326
Murojaatchi: “Olgan bilimlarimni amaliyotda sinab ko‘rib, yurakdan davlat uchun ishlash niyatim bor…”

Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum, hurmatli elektr energiya sohasida xizmat burchlarini ado etuvchi xodimlar!

  • 15.08.2022
  • 296
Murojaatchi: “Men bilan bog‘lanib ko‘ring. Suhbat o‘tkazing yoki amaliy tajribalarim bilan tanishib chiqing. Yoqsa — ishlaymiz, yoqmasa...”

Murojaat mazmuni: Assalomu aleykum! Men Jo‘rayev Firdavs, Buxorodanman. Oliy ma'lumotliman.

  • 01.08.2022
  • 273
Murojaatchi: “Bizning mahallamiz 25–30-yildan buyon ulama yog‘och va temir ustunlardan simyog‘och yasab, elektr energiyasidan foydalanmoqda...”

Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum, Men Qurbonov Ne'matjon Hayitboy o‘g‘li. Andijon viloyati, Oltinko‘l tumani, “Mehnat” MFY, Do‘stlik ko‘chasi, 4-uyda yashayman. Bizning mahallamizda 25–30-yildan buyon ulama yog‘och va temir ustunlardan simyog‘och yasab, tomma-tom sim tortib, xavfli va yaroqsiz holatda elektr energiyasidan foydalanamiz.

  • 22.07.2022
  • 298
Murojaatchi: “Bizning “chek yerimiz”dan o‘tgan va simlari juda past osilgan yog‘och simyog‘ochlarni boshqa yerdan olib o‘tishingizni so‘rayman. Uy qurmoqchiman!”

Murojaat mazmuni: Biz Farg‘ona viloyati, Yozyovon tumani, Qorasoqol mahalla fuqarolari yig‘ini, Navro‘z ko‘chasi, 10-uy manzilida ota-onam, men va turmush o‘rtog‘im, ikki nafar farzandim, ukam, turmush o‘rog‘i va 1 nafar farzandi hamda voyaga yetgan ikkinchi ukam bilan yashab kelmoqdamiz.

  • 15.07.2022
  • 325
Murojaatchi: “Soylik qishlog‘idagi ko‘cha yoritish chiroqlarining birortasi ishlamaydi!”

Qo‘shimcha ma'lumot sifatida shuni ma'lum qilishimiz mumkinki, ko‘cha chiroqlari va ularni tutib turuvchi simyog‘ochlarga mahalliy hokimiyat organlarining Obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan servis xizmatlar ko‘rsatilishi belgilangan.

  • 14.07.2022
  • 303
Murojaatchi: “O‘qishga qabul qachon?”

Murojaat egasi: Yermekbayev Janibek, Toshkent viloyati

  • 08.07.2022
  • 246
Murojaatchi: “Biz yangi ko‘chib chiqamiz, qo‘lbola simyog‘ochlarga sim tortgamiz. Kelib ko‘rib, o‘rganib, bir dona transformatorni ...”

Murojaat mazmuni: Simyog‘ochlar yoroqsiz holda. Biz yangi ko‘chib chiqamiz, o‘zimiz “to‘k” tortib olganmiz. Qo‘lbola simyog‘ochlarga sim tortgamiz. Xonadonlarga sifatli “to‘k” bormaydi. Va kelib ko‘rib, o‘rganib, bir dona transformatorni yangisiga almashtirishga amaliy yordam berishingizni so‘raymiz.

  • 04.07.2022
  • 257
Murojaatchi: “Ishga kirmoqchiman, rezyumeni ko‘rib, xulosa berishingizni so‘rayman!”

Murojaatchi: “Ishga kirmoqchiman, rezyumeni ko‘rib, xulosa berishingizni so‘rayman!”

  • 01.07.2022
  • 295
Murojaatchi: “Qancha qarz bor?”

Axborot xizmatidan tavsiya: Hurmatli fuqaro Shuhrat Ataboyev, murojaat yo‘llayotganingizda, uning mazmunini to‘liq ifoda etishingiz maqsadga muvofiq. Murojaatchilarga to‘liq ma'lumot (javob) berish — murojaat mazmunining to‘liq, aniq va ravon yozilishiga, qayta bog‘lanish kontaktlari hamda manzil va boshqa ko‘rsatkichlar aniq belgilanishiga bevosita bog‘liq.

  • 28.06.2022
  • 252
Murojaatchi: “Bo‘sh ish o‘rni bor bo‘lsa, ishga kirmoqchiman!”

Murojaat mazmuni: «Bo‘sh ish o‘rni bor bo‘lsa, ishga kirmoqchiman. Andijon Mashinasozlik instituti bitiruvchi talabasiman. Komputerda, ofis dasturlarda yaxshi ishlay olaman...»

  • 27.06.2022
  • 284
Murojaatchi: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatiga ishga kirish tartibini tushuntirib, men bilan bog‘lansangiz...»

Murojaat mazmuni: «Salom! Men sizlarga ishga kirish masalasida o‘rganib chiqish uchun hujjatlarimni elektron pochta orqali yuborgan edim. Afsuski, haligacha bu xatga javob yo‘llanmagan.

  • 20.06.2022
  • 355
>