Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «“Surxon–Puli Xumri” direksiyasida ekolog xodim bo‘lib ishladim. Xaridlar boshqarmasiga ishga qabul qilishingizni so‘rayman.»

Murojaat egasi: Ashurov Xusniddin Abdurahmonovich, Toshkent shahri. Murojaat mazmuni: Maʼlumotim oliy. “Surxon–Puli Xumri” direksiyasida ekolog xodim bo‘lib ishladim. Hozirgi kunda ish hajmi qisqarganligi sababli ishdan bo‘shatilganman.

  • 07.06.2023
  • 189
Murojaatchi: «Men mikroGES qurmoqchiman. Agar gidroelektrstansiya qursam va elektr energiyasi magistral elektr tarmoqlari podstansiyasiga yetkazib bersam...»

Murojaat egasi: Sunnatjon Otajonovich Alimov, Qashqadaryo viloyati. Murojaat mazmuni: «Men mikroGES qurmoqchiman. Agarda mikro gidroelektrstansiya qursam va magistral elektr tarmoqlari podstansiyasiga yetkazib bersam, 1 oy davomida 5000 kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqib, shu oy davomida ishlamagan vaqt 1000 kVt•soat o‘z ehtiyojiga qabul qilingan elektr energiya uchun shu ishlab chiqargan elektr energiya hisobidan olib tashlasak bo‘ladimi?

  • 29.05.2023
  • 229
Murojaatchi: «2021-yilda “Obod mahalla” dasturi orqali 30 ta beton “stolba” va 1 ta transformator ajratilgan edi. Endi mutaxasislar fuqarolarni sarson qilishmoqda...»

Murojaat egasi: Asadullayev Lutfulla, Jizzax viloyati. Murojaat mazmuni: Jizzax viloyati, G‘allaorol tumani, “Marjonbuloq” ShFY, Sharof Rashidov nomidagi mahalla 2021-yilda “Obod mahalla” dasturiga tushib, 30 ta beton tayanch ustuni (“stolba”) va 1 ta transformator ajratilgan, deb aytilgan edi.

  • 08.05.2023
  • 191
Murojaatchi: «O‘z sohamda va o‘zim qiziqqan sohada ishlashni, shuningdek, imkon qadar o‘zim xohlagan ishda ishlashimga yordam ko‘rsatishlarizni so‘rayman...»

Murojaat egasi: Eshonqulov Boburjon Salim o‘g‘li, Qashqadaryo viloyati. Murojaat mazmuni: O‘z sohamda va o‘zim qiziqqan sohada ishlashni, shuningdek, imkon qadar o‘zim xohlagan ishda ishlashimga yordam ko‘rsatishlarizni hamda bilmaganimni o‘rgatib, ko‘nikmamni oshirib, hech qachon yengilmaslik uchun kimdur turtki bo‘lishini sizlardan so‘rardim...

  • 08.05.2023
  • 184
Murojaatchi: «Energetika tizimida 18 yil ish stajiga egaman. Elektr tarmoqlariga ulanish bo‘limi mutaxasisligi bo‘yicha suhbatda qatnashmoqchiman...»

Murojaat egasi: Normurodov Faxriddin Xolmanovich, Toshkent shahar. Murojaat mazmuni: Maʼlumotim oliy, energetika tizimida 18 yil ish stajiga egaman. Davlat va rus tillarini bilaman, kompyuterda erkin ishlay olaman. Elektr tarmoqlariga ulanish bo‘limi mutaxasisligi bo‘yicha suhbatga qatnashmoqchiman...

  • 02.05.2023
  • 172
Murojaatchi: «Elektr energetika yo‘nalishiga, to‘lov kontrakti asosida, o‘qishga kirdim. To‘lov kontraktni to‘lab bera olasizlarmi?»

Murojaat egasi: Ortiqali Amanturdiyev, Toshkent viloyati. Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum! Men Amanturdiyev Ortiqali. Men 2012-yil 4-dekabrdan energetika tizimi, “Toshkent MET” filialining Bekobod bo‘limida elektr chilangari vazifasida ishlab kelaman. Men 2022-yil Navoiy innovatsiyalar universitetining Elektr energetika yo‘nalishiga, to‘lov kontrakti asosida, o‘qishga kirdim. Hozirda 1-kursni tamomladim. 2-kursdan to‘lov kontraktni to‘lab bera olasizlarmi?

  • 25.04.2023
  • 228
Murojaatchi: «Haqorat qilib, telefon go‘shagini qo‘yib qo‘ygan xodimga intizomiy chora ko‘rish va imzolangan shartnoma shartlarini bajarishingizni so‘raymiz!»

Murojaat mazmuni: Sizning xodimlaringizni “yuqori kuchlanishda ishlash” bo‘yicha o‘qitgan edik. O‘qigan xodimlarga ishlashga ruxsat etilgan guvohnoma va bayonnoma berganmiz. Siz shartnoma shartlarini buzganlikda ayblanasiz va oqibatda berilgan guvohnomalar “haqiqiy emas” deb topiladi.

  • 14.04.2023
  • 224
Murojaatchi: «Transformator portlab ketganligi sababli uyimdagi elektr hisoblagichim kuyib ketdi. Amaliy yordam berishingizni so‘rayman...»

Murojaat mazmuni: 7-aprel kuni transformator portlab ketganligi sababli uyimdagi elektr hisoblagichim kuyib ketdi. Amaliy yordam berishingizni so‘rayman.

  • 12.04.2023
  • 180
Murojaatchi: «“Stolba” chirib qiyshaygan. Iste’molchilar mablag‘i Qibray tumaniga tushmas ekan! Bu nima ahvol? Falokat ro‘y bersa, nima bo‘ladi?»

Murojaat egasi: Shermatova Gulsara, Toshkent viloyati. Murojaat mazmuni: Qibray tumani 32-uy oldidagi “stolba” chirib qiyshayib, “avariyniy” holatga kelib qolgan. «Tuman elektr tarmoqlari korxonasi»ga 7-fevralda Ariza berilgan. Uning xodimlarining aytishicha, «Favqulodda holatlarning oldini olish uchun tumanlarda maxsus jamg‘arma yo‘q, kerakli uskunalar zaxirasi ham yaratilmagan» emish. Iste’molchilar mablag‘i tumanga tushmas ekan! Bu nima ahvol? Falokat ro‘y bersa, kimni jinoiy javobgarlikka tortish kerak bo‘ladi?

  • 31.03.2023
  • 245
Murojaatchi: «Mutaxassisligim — muhandis-iqtisodchi, energetika sohasida 18 yil stajga egaman. Ekspluatatsiyaga qabul qilish bo‘limiga ishga o‘tish uchun suhbatga qatnashmoqchiman...»

Murojaat egasi: Normurodov Faxriddin Xolmanovich, Toshkent shahri. Murojaat mazmuni: Men Normurodov Faxriddin Xolmanovich, maʼlumotim — oliy, mutaxassisligim — muhandis-iqtisodchi, energetika sohasida 18 yil ish stajiga egaman. Ekspluatatsiyaga qabul qilish bo‘limiga ishga o‘tish uchun suhbatga qatnashmoqchiman...

  • 27.03.2023
  • 232
Murojaatchi: «Uch kundan beri uyimizda elektr energiyasi yo‘q. Bolarimiz “svet”siz, suvsiz qolmoqda...»

Murojaat egasi: Tuxtayev Zuxriddin, Тошкент viloyati. Murojaat mazmuni: Uch kundan beri uyimizda elektr energiyasi yo‘q. Bolarimiz “svet”siz, suvsiz qolmoqda. Yordam berishingizni so‘rayman.

  • 27.03.2023
  • 159
Murojaatchi: «“Elektraset” xodimlari yashash tarzi, ish faoliyati o‘rganilib, qonuniy chora ko‘rilsin. Ogohlantirishlarsiz jarimamni sudga oshirdi. Qonuniy yordam berishingizni so‘rayman!»

Murojaat egasi: Amonov Baxtiyor Qo‘ldoshevich, “Nurota ETKA” AJ. Murojaat mazmuni: Menga “noqonuniy ulanish” deb jarima qo‘llashdi. “Nurota ETK” AJ tomonidan 2023-yil 2-mart sanasida chiqdi.

  • 23.03.2023
  • 159
Murojaatchi: «Mening xonadonimda eski elektr o‘lchagich bor. Buni kim yangisiga almashtirib beradi?»

Murojaat mazmuni: Mening xonadonimda eski elektr o‘lchagich bor. Yangi xonadon Buxoro viloyati, Islom Karimov ko‘chasi, 86/16-xonadon. Buni kim yangisiga almashtirib beradi? Biror maʼlumot bersangizlar. Oldindan rahmat!

  • 14.03.2023
  • 194
>